Toshkentda ShHT mamlakatlari kino kunlari boshlandi - video

© SputnikTorjestvennoe otkritie Dney kino stran ShOS v Tashkente.
Torjestvennoe otkritie Dney kino stran ShOS v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2022
Obuna bo‘lish
Tadbir Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida o‘tkazilmoqda.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. “Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) mamlakatlari kino kunlari boshlandi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
XIV Toshkent xalqaro kinofestivali direktori Firdavs Abduxolikov Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida ko‘plab tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilganini ma’lum qildi.
"Shuningdek, 50 dan ortiq tadbirlar, davra suhbatlari va forumlar, mahorat darslari va ijodiy uchrashuvlar o‘tkaziladi. Natijada yangi qo‘shma kinoloyihalar yuzaga keladi. Aynan ushbu festival doirasida dunyoning o‘nlab davlatlari bilan hamkorlikda kinomahsulotlar yaratish bo‘yicha 20 ga yaqin memorandum va kelishuvlar imzolanishi quvonarlidir.” – dedi u.
Toshkent xalqaro kinofestivalida ShHTga a’zo mamlakatlarning har biri o‘zining eng yaxshi filmlarini taqdim etadi. Bular Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston filmlaridir. Kuzatuvchi davlatlar (Belarus, Eron, Mo‘g‘uliston) va ShHT muloqotidagi hamkor davlatlar (Ozarbayjon, Armaniston, Turkiya) ham o‘zlarining kino produksiyasini namoyish etadilar.
ShHT kino kunlarida filmlar namoyishi, mahorat darslari, seminarlar, premyeralar, matbuot anjumanlari va ijodiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent kinofestivali kinofestival 13-18 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Unga dunyoning 40 dan ortiq davlatidan 500 ga yaqin aktor va aktrisalar, rejissor va operatorlar, produser va kinotanqidchilar, kinoshunoslar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0