https://oz.sputniknews.uz/20220912/shavkat-mirziyoev-shhtning-asosiy-tamoyillari-va-muvaffaqiyat-garovi-nimada-ekanini-aytdi-28007368.html
Shavkat Mirziyoyev ShHTning asosiy tamoyillari va muvaffaqiyat garovi nimada ekanini aytdi
Shavkat Mirziyoyev ShHTning asosiy tamoyillari va muvaffaqiyat garovi nimada ekanini aytdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti ShHT muvaffaqiyat garovi – mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash orqali ko‘p tomonli hamkorlikni ilgari surish deb hisoblaydi. 12.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-12T12:38+0500
2022-09-12T12:38+0500
2022-09-12T13:04+0500
shht-2022: samarqand sammiti
shavkat mirziyoyev
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/0c/28008025_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_464483ea33e1013e21a239776a0b109c.jpg
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) jozibadorligi uning turli bloklardan xoli maqomga ega ekani, ochiqlik, uchinchi mamlakatlar yoki xalqaro tashkilotlarga qarshi qaratilmaganida. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShTHning Samarqand sammiti arafasida chop qilingan maqolasida yozgan.Mirziyoyev ShHTmuvaffaqiyat garovi – mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash orqali ko‘p tomonli hamkorlikni ilgari surishda deb atagan.O‘zbekiston yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, ShHT o‘z mohiyatiga ko‘ra, tinchlik, hamkorlik va taraqqiyot yo‘lida birlashishga, ayirmachilik unsuridan xoli bo‘lgan jozibador makonga aylanishi lozim.Bugungi kunda ShHTga a’zo davlatlar yalpi ichki mahsulotining umumiy hajmi jahon ko‘rsatkichining qariyb chorak qismini tashkil qilmoqda. Bu esa endigina 20 yoshga to‘lgan ushbu mintaqaviy tashkilot dunyoning barqaror rivojlanishiga qo‘shayotgan hissasining salmog‘i yuksak ekanidan dalolat beradi.Eslatib o‘tamiz, Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.Samarqand shahrida ShHTga a’zo mamlakat rahbarlari 2019-yildan buyon ilk marta yuzma-yuz ko‘rishadi. Shuningdek, sammitda birinchi marta 15 mamlakat rahbari ishtirok etadi.ShHT 2001-yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilot. Unga Hindiston, Xitoy, Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Pokiston a’zo. Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston kuzatuvchi mamlakat maqomiga ega. Samarqand sammitida Eronni tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lishiga oid hujjat qabul qilinishi kutilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/0c/28008025_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_8e928435fc9bdd064b25064c9aca1794.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
shavkat mirziyoyev, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
Shavkat Mirziyoyev ShHTning asosiy tamoyillari va muvaffaqiyat garovi nimada ekanini aytdi
12:38 12.09.2022 (yangilandi: 13:04 12.09.2022) O‘zbekiston prezidenti ShHT muvaffaqiyat garovi – mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash orqali ko‘p tomonli hamkorlikni ilgari surish deb hisoblaydi.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) jozibadorligi uning turli bloklardan xoli maqomga ega ekani, ochiqlik, uchinchi mamlakatlar yoki xalqaro tashkilotlarga qarshi qaratilmaganida. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShTHning Samarqand sammiti arafasida chop qilingan
maqolasida yozgan. “ShHTning xalqaro tashkilot sifatidagi jozibadorligi uning faoliyati asosini tashkil etadigan quyidagi tamoyillarda namoyon bo‘lmoqda: Shanxay hamkorlik tashkilotining turli bloklardan xoli maqomga ega ekani, ochiqlik, uchinchi mamlakatlar yoki xalqaro tashkilotlarga qarshi qaratilmagani, barcha ishtirokchi tomonlarning tengligi va suverenitetini hurmat qilish, ichki ishlarga aralashmaslik, siyosiy qarama-qarshilik va ixtilofli raqiblikka yo‘l qo‘ymaslik”, - deya yozgan O‘zbekiston yetakchisi o‘z maqolasida.
Mirziyoyev ShHTmuvaffaqiyat garovi – mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash orqali ko‘p tomonli hamkorlikni ilgari surishda deb atagan.
O‘zbekiston yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, ShHT o‘z mohiyatiga ko‘ra, tinchlik, hamkorlik va taraqqiyot yo‘lida birlashishga, ayirmachilik unsuridan xoli bo‘lgan jozibador makonga aylanishi lozim.
“Shu sababli ham ShHT faoliyatiga qo‘shilish istagidagi davlatlar soni yildan yilga ortib bormoqda. Bu tendensiya xalqaro va mintaqaviy munosabatlar tizimi transformatsiya jarayonini boshidan kechirayotgan bugungi sharoitda yaqqol ko‘zga tashlanmoqda”, - deya qo‘shimcha qilgan Mirziyoyev.
Bugungi kunda ShHTga a’zo davlatlar yalpi ichki mahsulotining umumiy hajmi jahon ko‘rsatkichining qariyb chorak qismini tashkil qilmoqda. Bu esa endigina 20 yoshga to‘lgan ushbu mintaqaviy tashkilot dunyoning barqaror rivojlanishiga qo‘shayotgan hissasining salmog‘i yuksak ekanidan dalolat beradi.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.
Samarqand shahrida ShHTga a’zo mamlakat rahbarlari 2019-yildan buyon ilk marta yuzma-yuz ko‘rishadi. Shuningdek, sammitda birinchi marta 15 mamlakat rahbari ishtirok etadi.
ShHT 2001-yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilot. Unga Hindiston, Xitoy, Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Pokiston a’zo. Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston kuzatuvchi mamlakat maqomiga ega. Samarqand sammitida Eronni tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lishiga oid hujjat qabul qilinishi kutilmoqda.