Hafta davomida asosan quruq va iliq ob-havo kutilmoqda

© SputnikIstoriko-etnograficheskiy park "Vechniy gorod", voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa "Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande.
Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2022
Obuna bo‘lish
Ertadan respublikaga kirib kelgan sovuq antisiklon chekinishi boshlaydi va havo +28-30 darajagacha isiydi.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. O‘zbekistonda 14-sentabrdan va ish haftasining oxirigacha asosan quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqida O‘zgidromet xabar berdi.
12-16 sentabr kunlari respublika bo‘yicha kechalari havo harorati +12-17 daraja, kunduz kunlari +29-34 daraja atrofida bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha 13-sentabrda kechasi va ertalab sovuq antisiklon ta’siri saqlanib turadi, havo harorati +10-13 darajani tashkil etadi.
Kunduzi antisiklon respublika hududidan chekinishi boshlaydi va havo +28-30 darajagacha isiydi.
Eslatib o‘tamiz, bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha Volga bo‘yi hududlaridan kirib kelgan sovuq antisiklon natijasida +23-28 daraja atrofida bo‘lgan harorat bilan nisbatan salqin ob-havo saqlanib turadi.
Prognozlarga ko‘ra, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va respublikaning tog‘li hududlarida biroz yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0