Elektromobillarni quyosh energiyasidan yuqori tezlikda quvvatlovchi qurilma yaratildi

© Energetika vazirligi Quyosh panellari
Quyosh panellari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2022
Obuna bo‘lish
Qurilma yiliga 32 ming kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi va 950 ta elektromobni quvvatlaydi.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Elektromobillarni quyosh energiyasidan yuqori tezlikda quvvatlovchi qurilma yaratildi. Bu haqida Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qurilmasi O‘zbekiston iqlim sharoitini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. U energiya saqlash tizimiga ega bo‘lgan quyosh fotoyelektr tizimi orqali mahalliy elektr tarmog‘i bilan parallel holda ishlaydigan elektromobillarni tez quvvatlay oladi.

“Har bir tizim yiliga 32 ming kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, 950 ta elektromobni quvvatlash imkoniyati yaratiladi hamda 11,2 ming kub metr tabiiy gaz tejalib, atmosferaga 19,8 tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi”, - deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, mazkur qurilma Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida ishlab chiqildi.
Yangiliklar lentasi
0