Bugun ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin – O‘zgidromet

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishDojd
Dojd - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2022
Obuna bo‘lish
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. O‘zgidromet bugun mamlakat bo‘ylab kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Sinoptiklar prognoziga ko‘ra, kunduz kuni respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin,
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublika bo‘yicha shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida shamolning kuchayishi ba’zi joylarda 20-23 m/s ga yetishi mumkin. Havo harorati +23...+28 darajani tashkil etadi.
Poytaxtda ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 15-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati +23...+25 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda (2500 m dan yuqori) qorga aylanishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati +18...+23 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0