https://oz.sputniknews.uz/20220910/qozogiston-elchisining-ozbekistondagi-missiyasi-yakunlandi-27954578.html
Qozog‘iston elchisining O‘zbekistondagi missiyasi yakunlandi
Qozog‘iston elchisining O‘zbekistondagi missiyasi yakunlandi
Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Norov O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Qozog‘iston favqulodda va muxtor elchisi Darxon Sotiboldini qabul qildi. 10.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-10T11:57+0500
2022-09-10T11:57+0500
2022-09-10T11:57+0500
siyosat
o‘zbekiston
o‘zbekiston tiv
qozog‘iston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/0a/27954350_0:73:1024:649_1920x0_80_0_0_f64817256ab60826c6b2f5c87b7d1cdb.jpg
TOShKENT, 10 sen - Sputnik. Qozog‘istonning favqulodda va muxtor elchisi Darxon Satibaldi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Darxon Satibaldini qabul qilgan. Uchrashuvda elchining O‘zbekiston – Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi e’tirof etilgan.Vazir Darxon Satibaldini Turkiston viloyati akim lavozimiga tayinlangani bilan tabriklab, unga kasbiy faoliyatida muvaffaqiyat tilagan.Elchi O‘zbekiston tomoniga diplomatik faoliyatini amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlagani va yaratilgan sharoitlar uchun chuqur minnatdorlik bildirgan. U, shuningdek, do‘st bo‘lib qolish barobarida O‘zbekiston-Qozog‘iston aloqasini mustahkamlash uchun barcha sa’y-harakatni amalga oshirishga tayyorligini ta’kidlagan.
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/0a/27954350_32:0:992:720_1920x0_80_0_0_2680e4b96ea97ef5bbdf8ebb98a540f1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, o‘zbekiston tiv, qozog‘iston
siyosat, o‘zbekiston, o‘zbekiston tiv, qozog‘iston
Qozog‘iston elchisining O‘zbekistondagi missiyasi yakunlandi
Vladimir Norov O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Qozog‘iston favqulodda va muxtor elchisi Darxon Sotiboldini qabul qildi.
TOShKENT, 10 sen - Sputnik. Qozog‘istonning favqulodda va muxtor elchisi Darxon Satibaldi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. Qayd etilishicha, tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Darxon Satibaldini qabul qilgan. Uchrashuvda elchining O‘zbekiston – Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi e’tirof etilgan.
Vazir Darxon Satibaldini Turkiston viloyati akim lavozimiga tayinlangani bilan tabriklab, unga kasbiy faoliyatida muvaffaqiyat tilagan.
“Tomonlar turli sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbolini muhokama qildilar. Darxon Satibaldi uch yillik faoliyati davomida mamlakatni tubdan o‘zgartirib, xalq farovonligi yuksalishiga xizmat qilgan jadal o‘zgarishlarga guvoh bo‘lganini ta’kidladi”, - deyiladi xabarda.
Elchi O‘zbekiston tomoniga diplomatik faoliyatini amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlagani va yaratilgan sharoitlar uchun chuqur minnatdorlik bildirgan. U, shuningdek, do‘st bo‘lib qolish barobarida O‘zbekiston-Qozog‘iston aloqasini mustahkamlash uchun barcha sa’y-harakatni amalga oshirishga tayyorligini ta’kidlagan.