https://oz.sputniknews.uz/20220910/putin-vdnx-pavilonlarini-sobiq-ittifoq-respublikalariga-qaytarilganini-yuqori-baholadi-27966009.html
Putin VDNX pavilonlarini sobiq Ittifoq respublikalariga qaytarilganini yuqori baholadi
Putin VDNX pavilonlarini sobiq Ittifoq respublikalariga qaytarilganini yuqori baholadi
Sputnik O‘zbekiston
Putin Moskva kuni bayramida poytaxtning sobiq SSSR respublikalari xalqlari bilan hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasini aytib o‘tdi. 10.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-10T18:22+0500
2022-09-10T18:22+0500
2022-09-10T18:22+0500
rossiya
moskva
vladimir putin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1212/02/12120279_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_5d8391559ca1764fc87e73f3b6092f90.jpg
TOShKENT, 10 sen - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva kuni bayramida so‘zlagan nutqida poytaxtdagi VDNX bog‘idagi pavilonlarni sobiq Ittifoq respublikalariga qaytarilishini ijobiy baholadi. Rossiya prezdenti xulosaiga ko‘ra, milliy pavilonlarning jonlanishi MDH davlatlari bilan muloqot qilish uchun platforma yaratadi. Shuningdek Vladimir Putin Moskvaliklarni va poytaxt mehmonlarini shaharning tug‘ilgan kuni, uning 875 yoshi bilan qutladi. Ma’lumot uchun Moskvadagi VDNX (Vistavka dostijeniy narodnogo xozaystva) bog‘ida sobiq SSSR davrida har bir respublikaning o‘z milliy pavilno bo‘lib u yerda ushbu respublikaning yutuqlari aks etgan doimiy ko‘rgazmalar tashkil etilar edi. 1991-yildan so‘ng pavilonlar Moskva shahri ixtiyoriga o‘tdi va uzoq yillar davomida e’tiborsiz qolgan edi. So‘nggi bir necha yil ichida, xususan, 66 - O‘zbekiston milliy paviloni restavratsiya qilindi va Rossiya va O‘zbekiston orasida imzolangan bitimga muvofiq O‘zbekistonga 49-yilga ijaraga berildi. Ayni damda ushbu pavilonda O‘zbekiston milliy mahsulotlari, turizm va boshqa ko‘rgazmalar muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1212/02/12120279_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_790494d7a54e7504e58d78a2d8346db3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, moskva, vladimir putin
rossiya, moskva, vladimir putin
Putin VDNX pavilonlarini sobiq Ittifoq respublikalariga qaytarilganini yuqori baholadi
Putin Moskva kuni bayramida poytaxtning sobiq SSSR respublikalari xalqlari bilan hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasini aytib o‘tdi.
TOShKENT, 10 sen - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva kuni bayramida so‘zlagan nutqida poytaxtdagi VDNX bog‘idagi pavilonlarni sobiq Ittifoq respublikalariga qaytarilishini ijobiy baholadi.
Rossiya prezdenti xulosaiga ko‘ra, milliy pavilonlarning jonlanishi MDH davlatlari bilan muloqot qilish uchun platforma yaratadi.
"Moskva ochko‘zlik qilmayotgani, tegishli pavilonlarni sobiq Ittifoq respublikalariga qaytarilayotgani va ularning qayta tiklanishini qo‘llab-quvvatlayotgani yaxshi. Bu bizga asrlar davomida birga yashab kelgan xalqlar, respublikalar bilan hamkorlikni davom ettirishimiz uchun ajoyib imkoniyatlar yaratadi. Bizning umumiy tariximiz, umumiy infratuzilmalarimiz bor va albatta bir-birimizning yutuqlarimizni namoyish etadigan, bir-birimiz bilan muloqot qiladigan palatforma zarur. Buning uchun Moskvaga rahmat”, — dedi Putin.
Shuningdek Vladimir Putin Moskvaliklarni va poytaxt mehmonlarini shaharning tug‘ilgan kuni, uning 875 yoshi bilan qutladi.
Ma’lumot uchun Moskvadagi VDNX (Vistavka dostijeniy narodnogo xozaystva) bog‘ida sobiq SSSR davrida har bir respublikaning o‘z milliy pavilno bo‘lib u yerda ushbu respublikaning yutuqlari aks etgan doimiy ko‘rgazmalar tashkil etilar edi. 1991-yildan so‘ng pavilonlar Moskva shahri ixtiyoriga o‘tdi va uzoq yillar davomida e’tiborsiz qolgan edi.
So‘nggi bir necha yil ichida, xususan, 66 - O‘zbekiston milliy paviloni restavratsiya qilindi va Rossiya va O‘zbekiston orasida imzolangan bitimga muvofiq O‘zbekistonga 49-yilga ijaraga berildi.
Ayni damda ushbu pavilonda O‘zbekiston milliy mahsulotlari, turizm va boshqa ko‘rgazmalar muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.