https://oz.sputniknews.uz/20220910/ei-rossiya-gazi-narxini-cheklash-boyicha-bir-qarorga-kela-olmadi-27964275.html
YeI Rossiya gazi narxini cheklash bo‘yicha bir qarorga kela olmadi
YeI Rossiya gazi narxini cheklash bo‘yicha bir qarorga kela olmadi
Sputnik O‘zbekiston
Yevropa Ittifoqi energetika vazirlari Rossiyadan gaz narxi chegarasi bo‘yicha kelishib olishmadi. 10.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-10T16:55+0500
2022-09-10T16:55+0500
2023-05-12T17:31+0500
dunyoda
yevropa ittifoqi
gaz quvuri
rossiya
narx-navo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/1f/27639199_0:162:3063:1885_1920x0_80_0_0_0b2472d7414973c451376d74af09925c.jpg
TOShKENT, 10 sen - Sputnik. YeI davlatlari Rossiya gaziga maksimal narx chegarasini belgilash bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi, dedi energetika bo‘yicha Yevropa komissari Kadri Simson Guardian nashriga. RIA Novosti xabariga asosanShu bilan birga, u Rossiyaning YeIga gaz sotishdan olgan foydasining yuqori ekaniga ishora qilib, Moskva daromadiga ta’sir qilishining yo‘lini topish kerakligi haqida aytib o‘tdi.Italiyaning Ekologik o‘tish masalalari vaziri juma kuni Yevropa Ittifoqining 15 mamlakati gaz importiga umumiy cheklov joriy etilishini qo‘llab ovoz berganini, lekin ulardan faqat 3 davlat faqat Rossiya gazi narxini cheklash tarafdori bo‘lganini ta’kidladi. Yana uch davlat hech qanday fikrga ega emasligini va besh davlat bunga qarshi yoki neytral ovoz bergan.YeI mamlakatlari Energetika vazirligi rahbarlari juma kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari yig‘ilishda energiya narxining yuqoriligi sababli YeIda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni, jumladan, Rossiya gaziga narx chegarasi qo‘yish imkoniyatini muhokama qilgan edi.Shuningdek, iste’molchilarni elektr energiyasini eng yuqori soatlarda iste’mol qilishni qisqartirish majburiyatini yuklash va arzon narxlarda elektr energiyasi ishlab chiqaradigan va yuqori narxlardan kutilmagan foyda ko‘ruvchi kompaniyalarga daromad cheklovini joriy etish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqqan.Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arb rahbarlarining Rossiya energiya resurslari narxlarini cheklash g‘oyalariga izoh berar ekan - G‘arb hozir Moskvaga o‘z shartlarini qo‘yadigan vaziyatda emasligini eslatib o‘tdi va Yevro-Atlantika rahbarlarini aql bilan ish ko‘rishga da’vat qildi.Biroz oldin Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbasar Dmitriy Medvedev Rossiya bozor tamoyillariga asoslanmagan shartlar qo‘yayotgan davlatlarga energiya resurslari yetkazib berishdan voz kechishi mumkinligi haqida aytib o‘tgan edi.Shu bilan birga, ushbu xabarlar fonida birjalarida gaz narxi yaarixiy maksimumlarni yangilamoqda. Bu o‘z navbatida elektr energiyasi narxi oshishi hamda inflyatsiyaning kuchayishi bilan kuzatilmoqda. Agar vaziyat shu tariqa davom etsa Yevropa sanoatning ko‘plab korxonalari, xususan Germaniyada 60 % sanoat korxonalari faoliyati to‘xtab qolishi bashorat qilingan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/1f/27639199_167:0:2896:2047_1920x0_80_0_0_8ad308d386ad420e085c7c97416e11fd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, yevropa ittifoqi, gaz quvuri, rossiya, narx-navo
dunyoda, yevropa ittifoqi, gaz quvuri, rossiya, narx-navo
YeI Rossiya gazi narxini cheklash bo‘yicha bir qarorga kela olmadi
16:55 10.09.2022 (yangilandi: 17:31 12.05.2023) Yevropa Ittifoqi energetika vazirlari Rossiyadan gaz narxi chegarasi bo‘yicha kelishib olishmadi.
TOShKENT, 10 sen - Sputnik. YeI davlatlari Rossiya gaziga maksimal narx chegarasini belgilash bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi, dedi energetika bo‘yicha Yevropa komissari Kadri Simson Guardian nashriga. RIA Novosti
xabariga asosan
"Hech qanday qaror qabul qilinmadi", - dedi Simson.
Shu bilan birga, u Rossiyaning YeIga gaz sotishdan olgan foydasining yuqori ekaniga ishora qilib, Moskva daromadiga ta’sir qilishining yo‘lini topish kerakligi haqida aytib o‘tdi.
Italiyaning Ekologik o‘tish masalalari vaziri juma kuni Yevropa Ittifoqining 15 mamlakati gaz importiga umumiy cheklov joriy etilishini qo‘llab ovoz berganini, lekin ulardan faqat 3 davlat faqat Rossiya gazi narxini cheklash tarafdori bo‘lganini ta’kidladi. Yana uch davlat hech qanday fikrga ega emasligini va besh davlat bunga qarshi yoki neytral ovoz bergan.
YeI mamlakatlari Energetika vazirligi rahbarlari juma kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari yig‘ilishda energiya narxining yuqoriligi sababli YeIda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni, jumladan, Rossiya gaziga narx chegarasi qo‘yish imkoniyatini muhokama qilgan edi.
Shuningdek, iste’molchilarni elektr energiyasini eng yuqori soatlarda iste’mol qilishni qisqartirish majburiyatini yuklash va arzon narxlarda elektr energiyasi ishlab chiqaradigan va yuqori narxlardan kutilmagan foyda ko‘ruvchi kompaniyalarga daromad cheklovini joriy etish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arb rahbarlarining Rossiya energiya resurslari narxlarini cheklash g‘oyalariga izoh berar ekan - G‘arb hozir Moskvaga o‘z shartlarini qo‘yadigan vaziyatda emasligini eslatib o‘tdi va Yevro-Atlantika rahbarlarini aql bilan ish ko‘rishga da’vat qildi.
Biroz oldin Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbasar Dmitriy Medvedev Rossiya bozor tamoyillariga asoslanmagan shartlar qo‘yayotgan davlatlarga energiya resurslari yetkazib berishdan voz kechishi mumkinligi haqida aytib o‘tgan edi.
Shu bilan birga, ushbu xabarlar fonida birjalarida gaz narxi yaarixiy maksimumlarni yangilamoqda. Bu o‘z navbatida elektr energiyasi narxi oshishi hamda inflyatsiyaning kuchayishi bilan kuzatilmoqda. Agar vaziyat shu tariqa davom etsa Yevropa sanoatning ko‘plab korxonalari, xususan Germaniyada 60 % sanoat korxonalari faoliyati to‘xtab qolishi bashorat qilingan.