Amanbay Orinbayev Senat a’zosi bo‘ldi

© Foto: O‘zbekiston IIVAmanbay Orinbayev
Amanbay Orinbayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2022
Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev Oliy Majlis Senati a’zosi bo‘ldi.
TOShKENT, 10 sen - Sputnik. Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev Oliy Majlis Senati a’zosi bo‘ldi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati xabar berdi.
Saylov natijalariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zoligiga saylangan.
Qayd etilishicha, 9-sentabr kuni Nukus shahri Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri binosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosining saylovini o‘tkazish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdgan.
Unda Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev ishtirok etgan. Saylov to‘g‘ridan to‘g‘ri, teng va yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshirilgan.
Ma’lumot uchun, Amanbay Orinbayev 26-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi lavozimini egallagan.
Faoliyati davomida u Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Ekologiya va Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri lavozimlarida ishlagan.
Yangiliklar lentasi
0