Siz dunyoda barqarorlikni ta’minlamoqdasiz – Myanma rahbari Putinga

© POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v VII Vostochnom ekonomicheskom forume
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v VII Vostochnom ekonomicheskom forume - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2022
Obuna bo‘lish
Myanma davlat ma’muriy kengashi raisi Min Aun Xlaynning ta’kidlashicha, Rossiya dunyoda yetakchi hisoblanadi.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Myanma davlat ma’muriy kengashi raisi Min Aun Xlayn Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar chog‘ida Rossiya Federatsiyasi rahbari butun dunyoda barqarorlikni ta’minlayotganini aytdi.

“Men siz bilan juda faxrlanaman, siz mamlakatni boshqarishni boshlaganingizdan keyin Rossiya, aytish mumkinki, dunyoda birinchi o‘rinni egalladi”, dedi Myanma rahbari.

Uning ta’kidlashicha, dunyoda barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha Rossiya dunyoda yetakchi mamlakat hisoblanadi.

“Siz butun dunyoda barqarorlikni ta’minmoqdasiz”, dedi Xlayn Putinga.

Myanma rahbari, shuningdek, Putinga uchrashuv uchun minnatdorlik bildirdi va 2023-yil Rossiya va Myanma o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 75-yil to‘lishini ta’kidladi. Xlayn so‘nggi 20-yil davomida mamlakatlar o‘rtasida faol hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani, bu juda samarali rivojlanib borayotganini ta’kidladi.
“Deyarli 30-yil oldin sizda ham qiyin kunlar bo‘lgan. Lekin siz bu davrlardan allaqachon chiqib ketdingiz va sizning yordamingiz bilan mamlakat faol rivojlanmoqda”, dedi u Putinga.
Bundan tashqari, Min Aun Xlayn Myanma Rossiyadan neft mahsulotlarini sotib olishni boshlaganini va yetkazib berish uchun rublda to‘lashni rejalashtirayotganini aytdi.
“Bir necha kundan keyin biz Rossiyadan birinchi dizel yoqilg‘isini olamiz”, deya qo‘shimcha qildi u.
Eslatib o‘tamiz, 5-8 sentabr kunlari Vladivostokdagi Uzoq Sharq federal universitetida Sharqiy iqtisodiy forum bo‘lib o‘tmoqda.
Yangiliklar lentasi
0