https://oz.sputniknews.uz/20220907/shht-sammiti-kunlarida-ayrim-avtobus-va-tramvaylar-harakati-toxtatiladi-27858615.html
ShHT sammiti kunlarida ayrim avtobus va tramvaylar harakati to‘xtatiladi
ShHT sammiti kunlarida ayrim avtobus va tramvaylar harakati to‘xtatiladi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Samarqanda 15-16 sentabr kuni Shanxay Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan avtobus va tramvaylar... 07.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-07T18:15+0500
2022-09-07T18:15+0500
2022-09-11T14:25+0500
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
samarqand
avtobus
tramvay
shht-2022: samarqand sammiti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/775/77/7757714_0:1:1201:676_1920x0_80_0_0_4b79b78ed9dcd978ebbe7cc83bc498b2.jpg
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Samarqanda 15-16 sentabr kuni Shanxay Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan avtobus va tramvaylar harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqida Samarqand viloyati IIBda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan tezkor shtab tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.Aytilishicha, 14-17 sentabr kunlari shaharning bir qator ko‘chalarida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanishi munosabati bilan jamoat transporti vositalarining harakatiga cheklov o‘rnatiladi.Shuningdek, shahar atrofi va shaharlararo viloyat ichki yo‘nalishlarida harakatlanayotgan transport vositalari shaharning tashqi halqa yo‘lida vaqtincha tashkil etilgan 8 ta YPX maskanlarigacha harakatlanishlari ko‘zda tutilgan.Ta’kidlanishicha, Sammit kunlari haydovchilar aylanma yo‘llardan foydalanishlari uchun maxsus flayerlar ishlab chiqildi va undagi QR kod orqali ruxsat etilgan aylanma yo‘llardan mobil ilova yordamida harakatlanish imkoniyati yaratildi.Ayni paytda Samarqandning markaziy ko‘chalarida yangi intensiv, nur qaytaruvchi yo‘l belgilari va 50 dan ziyod zamonaviy svetofor obyektlari o‘rnatildi.Ko‘zi ojiz fuqarolar uchun esa ovozli piyodalar svetoforlari o‘rnatilmoqda.Yangi o‘rnatilgan svetofor obyektlarida masofadan boshqarish tizimi joriy etilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/775/77/7757714_0:0:901:676_1920x0_80_0_0_562af30f276d05271680d1413954f390.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), samarqand, avtobus, tramvay
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), samarqand, avtobus, tramvay
ShHT sammiti kunlarida ayrim avtobus va tramvaylar harakati to‘xtatiladi
18:15 07.09.2022 (yangilandi: 14:25 11.09.2022) TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Samarqanda 15-16 sentabr kuni Shanxay Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan avtobus va tramvaylar harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqida Samarqand viloyati IIBda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan tezkor shtab tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum
qilindi. Aytilishicha, 14-17 sentabr kunlari shaharning bir qator ko‘chalarida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanishi munosabati bilan jamoat transporti vositalarining harakatiga cheklov o‘rnatiladi.
Transport vazirining matbuot kotibi Navro‘z Ashurmatovning so‘zlariga ko‘ra, 4, 7, 15, 24, 37, 74, 93 va 99 raqamli avtobus yo‘nalishlari harakatiga ayrim o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Qolgan 28 ta avtobus, 2 ta tramvay yo‘nalishlari, shuningdek, ikkita yo‘nalishda taksi xizmati vaqtincha to‘xtatiladi.
Shuningdek, shahar atrofi va shaharlararo viloyat ichki yo‘nalishlarida harakatlanayotgan transport vositalari shaharning tashqi halqa yo‘lida vaqtincha tashkil etilgan 8 ta YPX maskanlarigacha harakatlanishlari ko‘zda tutilgan.
Ta’kidlanishicha, Sammit kunlari haydovchilar aylanma yo‘llardan foydalanishlari uchun maxsus flayerlar ishlab chiqildi va undagi QR kod orqali ruxsat etilgan aylanma yo‘llardan mobil ilova yordamida harakatlanish imkoniyati yaratildi.
Ayni paytda Samarqandning markaziy ko‘chalarida yangi intensiv, nur qaytaruvchi yo‘l belgilari va 50 dan ziyod zamonaviy svetofor obyektlari o‘rnatildi.
Ko‘zi ojiz fuqarolar uchun esa ovozli piyodalar svetoforlari o‘rnatilmoqda.
Yangi o‘rnatilgan svetofor obyektlarida masofadan boshqarish tizimi joriy etilmoqda.