“Samarqand - Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdlari yo‘lga qo‘yiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAfrosiab
Afrosiab - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2022
Obuna bo‘lish
ShHTning navbatdagi sammiti munosabati bilan elektropoyezdlarining qo‘shimcha harakati 12-sentabrdan 18-sentabrgacha amalga oshiriladi.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. "Samarqand - Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida "Afrosiyob" poyezdlarining qo‘shimcha qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar berdi.
Qayd etilishicha, 767/768-sonli elektropoyezdlarining qo‘shimcha harakati 12-sentabrdan 18-sentabrgacha amalga oshiriladi.

“Qo‘shimcha elektropoyezdlarining harakati 14-18 sentabr kunlari Samarqandda o‘tkaziladigan ShHT a’zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida yo‘lga qo‘yildi”, deyiladi xabarda.

Elektropoyezdlarning harakati 7 ta reysga yo‘lga qo‘yiladi va quyidagi vaqt oralig‘ida harakatlanadi:
767-sonli "Samarqand - Toshkent" yo‘nalishidagi poyezd "Samarqand" vokzalidan soat 11:08da jo‘nab, "Toshkent-Markaziy" vokzaliga soat 13:18 da yetib boradi.
768-sonli "Toshkent — Samarqand" yo‘nalishidagi poyezd "Toshkent-Markaziy" vokzalidan 13:40da jo‘nab, "Samarqand" vokzaliga soat 15:48da yetib boradi.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti munosabati bilan 14-17 sentabr kunlari Samarqand shahriga kirish yo‘llari yopiladi.
Samarqand shahrining Ibn Sino, Bo‘stonsaroy, Universitet hiyoboni, Namozgoh, Sadriddin Ayniy, Registon, Ro‘dakiy, Shoxizinda, Usto Umar Jo‘raqulov, Islom Karimov, Afrosiyob, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Gulobod, Muqimiy va Dahbed ko‘chalarida transport vositalarining harakati cheklanadi.
Yangiliklar lentasi
0