https://oz.sputniknews.uz/20220907/ozbekiston-samolyotsozlari-rossiyaga-oqishga-taklif-qilindi-27841559.html
O‘zbekiston samolyotsozlari Rossiyaga o‘qishga taklif qilindi
O‘zbekiston samolyotsozlari Rossiyaga o‘qishga taklif qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Konstantin Zligostev Rossiya ta’lim muassasalari negizida samolyotsozlik sohasida mahalliy mutaxassislarni tayyorlash imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi. 07.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-07T12:32+0500
2022-09-07T12:32+0500
2023-04-05T18:39+0500
jamiyat
o‘zbekiston
samolyot
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/06/27832826_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_519928344eb5ec8e568bfc12703f023b.jpg
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Rossiya savdo vakili Konstantin Zligostev Toshkent mexanika zavodi (TMZ) rahbariyati bilan samolyotsozlik sohasidagi qo‘shma loyihalarni muhokama qildi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar bermoqda.Rossiya savdo vakili zavodga tashrifi doirasida TMZ bosh direktori Zafar Isoqov bilan uchrashib, korxona faoliyati va uning kelgusidagi rivojlanish rejalari bilan tanishdi. Zavodda ishlab chiqarish maydonlari qayta jihozlanmoqda. Kelgusida bu quvvatni oshiradi va mahsulotlar ro‘yxatini kengaytiradi. Tashrif chog‘ida tomonlar Rossiya-O‘zbekistonning mavjud va kelajakda amalga oshirilishi rejalashtirilgan qo‘shma loyihalarini muhokama qildi. Muzokaralar ishtirokchilari uskunalarni raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratdi.Eslatib o‘tamiz, Rossiya va O‘zbekiston samolyotsozlik sohasida import o‘rnini bosuvchi qo‘shma loyihalarni ishlab chiqmoqda. Xususan, “Innoprom-2022” ko‘rgazmasi doirasida Ulyanovsk viloyati gubernatori Aleksey Russkix potensial hamkorlar bilan fuqarolik samolyotlarini ishlab chiqarishda sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va Yevroosiyo texnologik platformasini shakllantirish masalalarini muhokama qildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/06/27832826_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_eca30bcdc895096106cc2e3f1c8db334.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, samolyot, rossiya
jamiyat, o‘zbekiston, samolyot, rossiya
O‘zbekiston samolyotsozlari Rossiyaga o‘qishga taklif qilindi
12:32 07.09.2022 (yangilandi: 18:39 05.04.2023) Konstantin Zligostev Rossiya ta’lim muassasalari negizida samolyotsozlik sohasida mahalliy mutaxassislarni tayyorlash imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Rossiya savdo vakili Konstantin Zligostev Toshkent mexanika zavodi (TMZ) rahbariyati bilan samolyotsozlik sohasidagi qo‘shma loyihalarni muhokama qildi. Bu haqda Sputnik muxbiri
xabar bermoqda. Rossiya savdo vakili zavodga tashrifi doirasida TMZ bosh direktori Zafar Isoqov bilan uchrashib, korxona faoliyati va uning kelgusidagi rivojlanish rejalari bilan tanishdi.
Ayni paytda Toshkent Mexanika zavodi Il-76, Il-114 kabi samolyotlar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish, shuningdek, ushbu samolyotlarning parvozga yaroqliligini saqlashga ixtisoslashgan.
Zavodda ishlab chiqarish maydonlari qayta jihozlanmoqda. Kelgusida bu quvvatni oshiradi va mahsulotlar ro‘yxatini kengaytiradi. Tashrif chog‘ida tomonlar Rossiya-O‘zbekistonning mavjud va kelajakda amalga oshirilishi rejalashtirilgan qo‘shma loyihalarini muhokama qildi. Muzokaralar ishtirokchilari uskunalarni raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratdi.
Xususan, Konstantin Zligostev Rossiya ta’lim muassasalari negizida samolyotsozlik sohasida mahalliy mutaxassislarni qayta tayyorlash imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya va O‘zbekiston samolyotsozlik sohasida import o‘rnini bosuvchi qo‘shma loyihalarni ishlab chiqmoqda. Xususan, “Innoprom-2022” ko‘rgazmasi doirasida Ulyanovsk viloyati gubernatori Aleksey Russkix potensial hamkorlar bilan fuqarolik samolyotlarini ishlab chiqarishda sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va Yevroosiyo texnologik platformasini shakllantirish masalalarini muhokama qildi.