Toshkentda Milliy cholg‘ularni ishlab chiqarish sozgarlar shaharchasi tashkil etiladi

© © Sputnik / Amir IsayevRemeslennaya yarmarka v Ismailitskom sentre v Dushanbe
Remeslennaya yarmarka v Ismailitskom sentre v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2022
Obuna bo‘lish
Sozgarlar shaharchasini barpo etish uchun respublika budjetidan 65 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Toshkentda 2023-yilga qadar Milliy cholg‘ularni ishlab chiqarish sozgarlar shaharchasi tashkil etiladi. Shaharchani tashkil etishga oid prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.
Qaror loyihasi moddiy va nomoddiy madaniy meros durdonalarini saqlash, milliy musiqa cholg‘ularini ommalashtirish va ishlab chiqarish sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqildi.
Mazkur hujjat loyihasiga ko‘ra, sozgarlar shaharchasi 2 gektar yer maydonida joylashadi.
Sozgarlar shaharchasini barpo etish uchun respublika budjetidan 65 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.
Shaharchadan quyidagilar joy oladi:
Milliy cholg‘ular muzeyi;
Musiqa cholg‘ularini ishlab chiqarish sexlari, quritish xonalari, ombor xonalari hamda tayyor mahsulotlarni sotish uchun do‘konlar;
“Hunarmand” uyushmasida ro‘yxatdan o‘tgan usta-hunarmandlar uchun yashash xonadonlari.
Hujjat qabul qilinsa sozgarlar shaharchasida o‘z faoliyatini olib boruvchi usta-hunarmandlarga ishlab chiqarilgan musiqa cholg‘ularini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida sotish imkoniyati beriladi.
Usta-hunarmandlar uchun musiqa cholg‘ularini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘ladigan xom-ashyolarni yetishtirish maqsadida plantatsiya tashkil etiladi. Bunda “musiqa bog‘idan – musiqa cholg‘usigacha” tamoyili asosida klaster tizimini joriy qilinadi.
Milliy musiqa cholg‘ularini ishlab chiqarishda xom-ashyo sifatida ishlatiladigan noyob daraxtlar turlarini yetishtirish uchun Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidan 10 gektar yer maydoni ajratiladi.
Qolaversa, O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasi hamda milliy cholg‘ular ishlab chiqaruvchi sozgar usta-hunarmandlar ishtirokida har chorakda bir martadan kooperatsion savdolari tashkil etiladi.
Ma’lumot uchun, mazkur hujjatni ishlab chiqishda ta’lim muassasalari va ijodiy jamoalarni sifatli musiqa cholg‘ulari bilan ta’minlashda yetarlicha imkoniyatlar mavjud emasligi ham asos qilib olingan.
Qayd etilishicha, hunarmandchilik mahsulotlari uchun yangi bozorlarni topish borasida qo‘shimcha choralar ko‘rish ham talab etilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0