https://oz.sputniknews.uz/20220905/yil-yakuniga-qadar-yana-20-ming-gektar-ekin-maydoni-aholiga-bolib-beriladi--27806237.html
Yil yakuniga qadar yana 20 ming gektar ekin maydoni aholiga bo‘lib beriladi
Yil yakuniga qadar yana 20 ming gektar ekin maydoni aholiga bo‘lib beriladi
Sputnik O‘zbekiston
Qo‘shimcha ajratilayotgan 20 ming gektar va kelgusida beriladigan 100 ming gektar ekin maydonlari hisobidan importni qisqartirishga erishish kerak. 05.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-05T19:36+0500
2022-09-05T19:36+0500
2022-09-05T19:36+0500
jamiyat
yer ajratish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/0c/25235597_0:159:3079:1890_1920x0_80_0_0_e9d21491adb4e235aef4a7cd88957b4c.jpg
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Yil yakuniga qadar yana 20 ming gektar ekin maydoni aholiga bo‘lib beriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.Yig‘ilishda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash va zaxirasini yaratish masalalari muhokama qilindi.Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, iqlimning keskin o‘zgarayotgani, ko‘p davlatlarda qurg‘oqchilik bo‘lgani oqibatida butun dunyoga oziq-ovqat yetishmovchiligi xavf solmoqda. Xalqaro maydondagi vaziyat tufayli global ishlab chiqarish zanjirlarining uzilishi, logistikadagi muammolar sababli ko‘pchilik davlatlar oziq-ovqat mahsulotlari eksportiga cheklovlar qo‘ymoqda."Viloyat, tuman va shahar hokimlari bunday sharoitda o‘z hududida ichki talabni to‘liq ta’minlash va eksportni oshirish bo‘yicha imkoniyatlarini hisob-kitob qilishi shart. Lekin, hali ko‘p hokimlar buni tushunib yetmayapti”, - dedi Mirziyoyev.Prezident bu yil 80 ming gektar maydon paxta va g‘alladan qisqartirilib, aholiga bo‘lib berilganini eslatdi.Ta’kidlanishicha, buning hisobiga, 1 million 200 ming nafar aholini band qilish uchun sharoit yaratiladi.Joriy yilda qo‘shimcha ajratilayotgan 20 ming gektar va kelgusida beriladigan 100 ming gektar ekin maydonlari hisobidan importni qisqartirishga erishish kerak. Qolaversa, oziq-ovqat mahsulotlari ekishni kamida 300 ming gektarga yetkazish lozim.Oziq-ovqat uchun mo‘ljallangan yerlarga ekinlarni joylashtirishni bundan buyon Bog‘dorchilik agentligi belgilab beradi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/0c/25235597_173:0:2904:2048_1920x0_80_0_0_73397f035990c72690b005c5710b61f6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, yer ajratish
Yil yakuniga qadar yana 20 ming gektar ekin maydoni aholiga bo‘lib beriladi
Qo‘shimcha ajratilayotgan 20 ming gektar va kelgusida beriladigan 100 ming gektar ekin maydonlari hisobidan importni qisqartirishga erishish kerak.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Yil yakuniga qadar yana 20 ming gektar ekin maydoni aholiga bo‘lib beriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida
ma’lum qilindi. Yig‘ilishda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash va zaxirasini yaratish masalalari muhokama qilindi.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, iqlimning keskin o‘zgarayotgani, ko‘p davlatlarda qurg‘oqchilik bo‘lgani oqibatida butun dunyoga oziq-ovqat yetishmovchiligi xavf solmoqda. Xalqaro maydondagi vaziyat tufayli global ishlab chiqarish zanjirlarining uzilishi, logistikadagi muammolar sababli ko‘pchilik davlatlar oziq-ovqat mahsulotlari eksportiga cheklovlar qo‘ymoqda.
"Viloyat, tuman va shahar hokimlari bunday sharoitda o‘z hududida ichki talabni to‘liq ta’minlash va eksportni oshirish bo‘yicha imkoniyatlarini hisob-kitob qilishi shart. Lekin, hali ko‘p hokimlar buni tushunib yetmayapti”, - dedi Mirziyoyev.
Prezident bu yil 80 ming gektar maydon paxta va g‘alladan qisqartirilib, aholiga bo‘lib berilganini eslatdi.
“Bugun imzolangan prezident qaroriga ko‘ra yil yakuniga qadar yana 20 ming gektar ekin maydoni aholiga bo‘lib beriladi. Kelgusi yilda 100 ming gektar ekin maydoni aholiga tanlov asosida ajratiladi”, - dedi davlat rahbari.
Ta’kidlanishicha, buning hisobiga, 1 million 200 ming nafar aholini band qilish uchun sharoit yaratiladi.
Joriy yilda qo‘shimcha ajratilayotgan 20 ming gektar va kelgusida beriladigan 100 ming gektar ekin maydonlari hisobidan importni qisqartirishga erishish kerak. Qolaversa, oziq-ovqat mahsulotlari ekishni kamida 300 ming gektarga yetkazish lozim.
Oziq-ovqat uchun mo‘ljallangan yerlarga ekinlarni joylashtirishni bundan buyon Bog‘dorchilik agentligi belgilab beradi.