Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi yaqinida portlash yuz berdi – OAV

© Sputnik / Said Zakeriya / Mediabankka o‘tishKabul. Arxivnoe foto
Kabul. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2022
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, Rossiyaning Kobuldagi konsullik bo‘limi oldida afg‘on talabalari bo‘lgan. Ular vizaga hujjat topshirish yoki uni olish uchun o‘z navbatlarini kutib turishgan.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Dushanba kuni Afg‘oniston poytaxtidagi tumanlardan birida portlash ro‘y berdi. Bu haqda “Aamaj News” agentligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, hodisa Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi yaqinida sodir bo‘lgan.
RIA Novostining manbalariga tayanib yozishicha, voqea joyiga ko‘plab tez yordam mashinalari yo‘l olmoqda.
“Portlash Rossiya elchixonasi qarshisida ro‘y berdi. Ko‘plab tez yordam mashinalari o‘sha hududga yo‘l oldi, jabrlanganlar soni ko‘p bo‘lishi mumkin”, - degan guvohlar agentlik bilan suhbatda.
Voqea guvohlarining Sputnik Afg‘onistonga ma’lum qilishlaricha, portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 20 nafarga yetishi mumkin.
Rossiyaning konsullik bo‘limi oldida afg‘on talabalari bo‘lgan. Ular vizaga hujjat topshirish yoki uni olish uchun o‘z navbatlarini kutib turishgan.
Al Arabiya” telekanali portlashni xudkush terrorchi sodir etgani haqida xabar bermoqda.
Hozircha hodisa tafsilotlari ochiqlanmagan.
Yangiliklar lentasi
0