Prezidentning haftalik ish rejasi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPress-sekretar prezidenta Uzbekistana Sherzod Asadov
Press-sekretar prezidenta Uzbekistana Sherzod Asadov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2022
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev bu hafta Samarqandda bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi ShHT sammitiga tayyorgarlik yuzasidan bir nechta taqdimotlar bilan tanishadi.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev bu hafta Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi Martin Chungongni qabul qiladi. Bu haqida O‘zbekiston prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.
Sherzod Asadov o‘z so‘zida Shavkat Mirziyoyev shu haftadagi ish rejasidan o‘rin olgan tadbirlar haqida axborot berdi.
Qayd etilishicha, prezident Parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining 14-sammiti ishtirokchilari va ittifoq bosh kotibi Martin Chungongni qabul qiladi.
Shuningdek, Samarqandda bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi ShHT sammitiga tayyorgarlik yuzasidan bir nechta taqdimotlar bilan tanishadi.
Prezident hafta davomida mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojiga bag‘ishlangan bir qator muhokamalarni o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0