Metro yo‘lovchilari soni kuni 200 mingdan oshishi prognoz qilinmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStansiya s vremennim nazvaniyem "Ikinchi"
Stansiya s vremennim nazvaniyem Ikinchi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2022
Obuna bo‘lish
Yo‘lovchilar sentabr oyida bir kunda 550-580 ming, oktabr oyida esa 600 mingga yetadi.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Toshkentda sentabr oyidan boshlab metropolitendan foydalanuvchi yo‘lovchilar soni o‘tgan yilga nisbatan kuniga 200 mingdan oshishi kutilmoqda. Bu haqida "Toshkent metropoliteni" xabar berdi.
Prognozlarga ko‘ra yo‘lovchilar sentabr oyida bir kunda 550-580 ming, oktabr oyida esa 600 mingga yetadi.
Toshkent metropoliteni yo‘lovchilardan metropolitendan foydalanish qoidalariga amal qilishlarini so‘ramoqda.

“Harakatlanish vaqtida o‘zaro hurmatni saqlash, poyezd ichidagi yo‘lovchilar chiqib ketguniga qadar kirish uchun vagon eshiklari oldida turmaslik, manzilga kelgach poyezddan chiqish uchun imkon qadar tezroq harakat qilish, vagon eshiklariga suyanmaslik, shaxsiy buyumlarni vagon va metro hududida qoldirmaslik talab etiladi”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bularning barchasi oraliq intervallarining reja asosida amalga oshirilishini ta’minlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Yangiliklar lentasi
0