Maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq tadbirlari qanday o‘tdi - foto
Maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq tadbirlari qanday o‘tdi - foto
Sputnik O‘zbekiston
Respublikadagi barcha umumta’lim maktablarida 2022-2023 o‘quv yilining birinchi dars soati — “Mustaqil darslari” boshlandi. 05.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Bugun O‘zbekistondagi 10 085 ta maktabda yangi o‘quv yili darslari boshlandi. Bu haqida Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.Joriy o‘quv yilida 702 000 nafar bola umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilindi.Maktablarda tahsil olayotgan 6 469 737 nafar o‘quvchi ishtirokida tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida mahalliy hokimliklar hamda keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.Birinchi sinf o‘quvchilariga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi.“Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida o‘tkazildi.Shuningdek, respublikadagi barcha umumta’lim maktablarida 2022-2023 o‘quv yilining birinchi dars soati — “Mustaqil darslari” boshlandi.
Maktablarda tahsil olayotgan 6 469 737 nafar o‘quvchi ishtirokida tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida mahalliy hokimliklar hamda keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.