Super-kontrakt 10 foizga kamaytirildi

© Pixabay / Gerd AltmannStudentka
Studentka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondagi OTMlarda super-kontrakt 10 foizga kamaytirildi.
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. O‘zbekistondagi barcha davlat oliy ta’lim muassasalarida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasi qaroriga muvofiq 2022/2023 o‘quv yili uchun barcha davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bazaviy to‘lov-kontrakt qiymatidan kelib chiqib, faqat tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirib belgilandi.

Bu jadval orqali yo‘nalishlar kesimidagi tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan tanishish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0