https://oz.sputniknews.uz/20220902/rossiya-va-ozbekiston-ortasidagi-savdo-iqtisodiy-hamkorlik-muhokama-qilindi-27723783.html
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik muhokama qilindi
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik muhokama qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik muhokama qilindi
2022-09-02T16:22+0500
2022-09-02T16:22+0500
2023-04-05T18:39+0500
iqtisod
o‘zbekiston
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/02/27721513_0:0:656:369_1920x0_80_0_0_37f66369eb354ca279dd8681a2d648af.jpg
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov O‘zbekiston bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev bilan uchrashdi.Savdo-iqtisodiy hamkorlik, avtomobilsozlik, qayta tiklanadigan energiya manbalari, farmatsevtika, yengil sanoat va hududlararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi.Farmatsevtika: “Gerofarm” kompaniyasining O‘zbekistonda insulin analoglarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihasi faol bosqichida. “Farmasintez” saratonga qarshi dori-darmon ishlab chiqaruvchi korxona qurish loyihasi bo‘yicha ishlamoqda.Yengil sanoat: O‘zbekiston ip gazlamalarni yetkazib beruvchi asosiy davlat, Rossiya korxonalari bu sohada hamkorlikni chuqurlashtirmoqchi. Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va yordamchi ashyolarni yetkazib berish masalalari muhokama qilinmoqda.Manturov Rossiya va O‘zbekiston viloyatlarining o‘zaro tashriflarini amalga oshirish muhimligini ta’kidlab, hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratdi. Shu yil oxirigacha Rossiyaning 40 dan ortiq hududidan vakillar respublikaga keladi.Shuningdek, Manturov Xodjayevni O‘zbekiston mustaqilligining 31-yilligi bilan tabrikladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/02/27721513_82:0:574:369_1920x0_80_0_0_d2c37458254ed45ea3856f46901fbe77.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya va o‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik muhokama qilindi
rossiya va o‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik muhokama qilindi
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik muhokama qilindi
16:22 02.09.2022 (yangilandi: 18:39 05.04.2023) Denis Manturov O‘zbekiston bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev bilan uchrashdi.
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov O‘zbekiston bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev bilan uchrashdi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik, avtomobilsozlik, qayta tiklanadigan energiya manbalari, farmatsevtika, yengil sanoat va hududlararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Farmatsevtika: “Gerofarm” kompaniyasining O‘zbekistonda insulin analoglarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihasi faol bosqichida. “Farmasintez” saratonga qarshi dori-darmon ishlab chiqaruvchi korxona qurish loyihasi bo‘yicha ishlamoqda.
Yengil sanoat: O‘zbekiston ip gazlamalarni yetkazib beruvchi asosiy davlat, Rossiya korxonalari bu sohada hamkorlikni chuqurlashtirmoqchi. Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va yordamchi ashyolarni yetkazib berish masalalari muhokama qilinmoqda.
Manturov Rossiya va O‘zbekiston viloyatlarining o‘zaro tashriflarini amalga oshirish muhimligini ta’kidlab, hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratdi. Shu yil oxirigacha Rossiyaning 40 dan ortiq hududidan vakillar respublikaga keladi.
Shuningdek, Manturov Xodjayevni O‘zbekiston mustaqilligining 31-yilligi bilan tabrikladi.