G‘arb davlatlari Ukraina NATO tarkibida bo‘lganidek harakat qilmoqda - siyosatchi

© Sputnik / Mixail Markiv / Mediabankka o‘tishNatsionalniy flag Ukraini i flag Organizatsii Severoatlanticheskogo dogovora (NATO)
Natsionalniy flag Ukraini i flag Organizatsii Severoatlanticheskogo dogovora (NATO) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2022
Obuna bo‘lish
Bekmanning qayd etishicha, Shimoliy Atlantika alyansi o‘z harakatlari bilan Ukrainani Rossiyaga qarshi qurolga aylantirgan.
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Ukrainaga G‘arb qurollarini yetkazib berish NATO nizomining beshinchi moddasini qo‘llash doirasida amalga oshirilmoqda. Bu haqda fin siyosatshunosi Yoxan Bekman ma’lum qildi.
“NATO davlatlarining Ukrainaga qurol yetkazib berishi NATO nizomining alyansning barcha a’zolarini o‘zaro himoya qilish to‘g‘risidagi beshinchi moddasini qo‘llashdir. G‘arb davlatlari xuddi Ukraina NATO tarkibida bo‘lgandek harakat qiladi”, dedi Bekman.
Uning qayd etishicha, Shimoliy Atlantika alyansi o‘z harakatlari bilan Ukrainani Rossiyaga qarshi qurolga aylantirgan. Shu bilan birga, Bekman Ukrainaga qurol yetkazib berish Kiyevning blokdan tashqari maqomi tufayli noqonuniy ekanligiga e’tibor qaratgan.
“Bu xalqaro huquqning buzilishi. Agar Ukraina NATO a’zosi bo‘lganida, bu qonuniy bo‘lardi. Lekin hozir emas”, deb tushuntirdi siyosatshunos.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasi “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
Yangiliklar lentasi
0