https://oz.sputniknews.uz/20220831/aqshda-maymun-chechagi-bilan-kasallangan-birinchi-bemor-vafot-etdi-27634803.html
AQShda maymun chechagi bilan kasallangan birinchi bemor vafot etdi
AQShda maymun chechagi bilan kasallangan birinchi bemor vafot etdi
Sputnik O‘zbekiston
Marhum Xarris okrugida yashovchi immuniteti zaif keksa odam bo‘lgan. 31.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-31T11:59+0500
2022-08-31T11:59+0500
2022-08-31T11:59+0500
dunyoda
aqsh
maymun chechagi
vafot etdi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/17/27384984_0:752:2048:1904_1920x0_80_0_0_ae9b6a208d75aa75468ce28489779eba.jpg
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlarining Texas shtatidagi shifokorlar maymunchechak bilan kasallangan bemorning o‘limi haqida ma’lum qildi. Bu AQShda kasallik qayd etilganidan beri birinchi o‘limdir, deya xabar berdi RIA Novosti.Mahalliy sog‘liqni saqlash departamentining ma’lumotiga ko‘ra, marhum Xarris okrugida yashovchi immuniteti zaif keksa odam bo‘lgan.Mahalliy matbuotning yozishicha, maymun chechagi bilan kasallangan odamning o‘limi bilan bog‘liq hodisa mamlakatda ilk marta kuzatilmoqda.AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish federal markazlarining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda mamlakatda maymunchechak infeksiyasining 18 mingdan ortiq holati qayd etilgan.Maymun chechagi kamdan-kam uchraydigan virusli infeksiya bo‘lib, u odamlar orasida ham yuqadi. Bu odatda yengil holat bo‘lib, ko‘pchilik bir necha hafta ichida tuzalib ketadi, ammo ba’zilarida asoratlar paydo bo‘lishi mumkin. Maymun chechagining dastlabki belgilariga isitma, bosh og‘rig‘i, mushak og‘rig‘i, bel og‘rig‘i, shishgan limfa tugunlari, titroq va charchoq kiradi. Ko‘pincha yuzdan boshlanib, keyin tananing boshqa qismlariga tarqaladigan toshma paydo bo‘lishi mumkin.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda maymun chechagi kasalligi qayd etilmagan. Kasallikning respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida “Maymun chechagi uslubiy qo‘llanmasi” loyihasi tayyorlangan. Respublika chegara-bojxona postlarida sanitariya-karantin punktlarining ish faoliyati kuchaytirilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/17/27384984_0:560:2048:2096_1920x0_80_0_0_394995c6b0059893d0e9f419632c3747.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, aqsh, maymun chechagi, vafot etdi
dunyoda, aqsh, maymun chechagi, vafot etdi
AQShda maymun chechagi bilan kasallangan birinchi bemor vafot etdi
Marhum Xarris okrugida yashovchi immuniteti zaif keksa odam bo‘lgan.
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlarining Texas shtatidagi shifokorlar maymunchechak bilan kasallangan bemorning o‘limi haqida ma’lum qildi. Bu AQShda kasallik qayd etilganidan beri birinchi o‘limdir, deya xabar berdi
RIA Novosti. Mahalliy sog‘liqni saqlash departamentining ma’lumotiga ko‘ra, marhum Xarris okrugida yashovchi immuniteti zaif keksa odam bo‘lgan.
“Uning o‘limida maymun chechagi qanday rol o‘ynaganini aniqlash uchun tekshiruv ishlari ketmoqda. Ekspertiza natijalari keyinroq e’lon qilinadi”, - deyiladi xabarda.
Mahalliy matbuotning yozishicha, maymun chechagi bilan kasallangan odamning o‘limi bilan bog‘liq hodisa mamlakatda ilk marta kuzatilmoqda.
AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish federal markazlarining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda mamlakatda maymunchechak infeksiyasining 18 mingdan ortiq holati qayd etilgan.
Maymun chechagi kamdan-kam uchraydigan virusli infeksiya bo‘lib, u odamlar orasida ham yuqadi. Bu odatda yengil holat bo‘lib, ko‘pchilik bir necha hafta ichida tuzalib ketadi, ammo ba’zilarida asoratlar paydo bo‘lishi mumkin. Maymun chechagining dastlabki belgilariga isitma, bosh og‘rig‘i, mushak og‘rig‘i, bel og‘rig‘i, shishgan limfa tugunlari, titroq va charchoq kiradi. Ko‘pincha yuzdan boshlanib, keyin tananing boshqa qismlariga tarqaladigan toshma paydo bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda maymun chechagi kasalligi
qayd etilmagan. Kasallikning respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida “Maymun chechagi uslubiy qo‘llanmasi” loyihasi tayyorlangan. Respublika chegara-bojxona postlarida sanitariya-karantin punktlarining ish faoliyati kuchaytirilgan.