O‘zbekiston eng ko‘p import qilayotgan oziq-ovqatlar ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishPshenitsa
Pshenitsa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston 2022-yilning yanvar-iyul oylarida eng ko‘p bug‘doy import qilgan.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. O‘zbekiston 2022-yilning yanvar-iyul oylarida eng ko‘p bug‘doy import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Statqo‘mga ko‘ra, dastlabki yetti oyda mamlakatga jami 422,4 mln dollarga teng bo‘lgan bug‘doy import qilingan. Bug‘doy asosan Qozog‘iston va Rossiyadan kirib kelgan.
Oziq-ovqat importida yuqori ulushga ega bo‘lgan mahsulotlar:
Bug‘doy – $422,4 mln;
Shakarqamish – $251,7 mln;
Margarin mahsulotlari – $173,3 mln;
Qoramol go‘shti – $116,4 mln;
Bug‘doy uni – $72,7 mln;
Kakao va shokolad – $61,5 mln;
Kartoshka – $57,2 mln;
Sut mahsulotlari – $45,4 mln;
Bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari – $41,8 mln;
Banan – $29,4 mln;
Choy – $27 mln;
Parranda go‘shti – $25,4 mln;
Makkajo‘xori – $22,6 mln;
Kofe – $17 mln;
Qandolat mahsulotlari – $14,3 mln.
Plodoovoshnaya produksiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2022
YeOII o‘zini qay darajada oziq-ovqat bilan ta’minlay oladi?
Yangiliklar lentasi
0