Aziz Voitov Qishloq xo‘jaligi vaziri bo‘ldi

© Zakonodatelnaya palata Oliy MajlisaOdobrena kandidatura Aziza Voitova na doljnost ministra selskogo xozaystva
Odobrena kandidatura Aziza Voitova na doljnost  ministra selskogo xozaystva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2022
Obuna bo‘lish
Prezident farmoniga muvofiq Aziz Botirovich Voitov O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Aziz Voitov Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqida prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, prezident farmoniga muvofiq Aziz Botirovich Voitov O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga tasdiqlandi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Ma’lumot uchun, Voitov mazkur lavozimda 16-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga o‘tkazilgan Jamshid Xodjayevning o‘rnini egalladi.
Aziz Voitov 1980-yilda tug‘ilgan, Toshkent moliya institutini (2001 yilda) "Soliq va soliqqa tortish" mutaxassisligi bo‘yicha bitirgan hamda Oliy ishbilarmonlik maktabida (2010 yilda) "Biznes boshqaruvi" bo‘yicha tahsil olgan.
U 2000−2017 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida turli lavozimlarda, 2017−2020 yillarda "O‘zsanoatqurilishbank" ATB boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimlarida ishlagan.
Voitov 2020-yilning martidan buyon investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 29-avgust kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida deputatlar Aziz Voitov nomzodini bu lavozimga ko‘rib chiqib ma’qullashgandi.
Yangiliklar lentasi
0