Pentagon Ukrainaga jo‘natish uchun sobiq afg‘on uchuvchilarini tayyorlayapti – OAV

© Sputnik / Aleksey AgarishevPentagon v Arlingtone
Pentagon v Arlingtone  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2022
Obuna bo‘lish
Manbaning ta’kidlashicha, nafaqat sobiq uchuvchilar, balki maxsus bo‘linmalarda xizmatni o‘tagan boshqa afg‘onlarga ham Ukrainadagi jangovar hududlarga borish uchun shartnoma taklif qilinmoqda.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Pentagon Kiyev uchun bir yil avval AQShga qochgan afg‘on uchuvchilarini saralab olmoqda. Ularni jo‘natishga tayyorlash Kaliforniyada boshlandi. Bu haqda RIA Novosti harbiy-diplomat manbasiga tayangan holda xabar bermoqda.
“Pentagon, bizga ma’lum bo‘lishicha, Ukraina uchun bir yil ilgari amerikaliklar bilan AQShga qochgan sobiq afg‘on uchuvchilarini saralab olish bilan shug‘ullanishga kirishdi. Ular tayyorgarligi hozir Kaliforniyada boshlanadi, keyin esa ularni Polsha orqali Ukrainaga ko‘chirish rejalashtirilmoqda”, - degan manba.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, bu nafaqat sobiq uchuvchilar, balki maxsus bo‘linmalarda xizmatni o‘tagan boshqa afg‘onlarga ham taalluqli. Ularga ham tayyorgarlikdan o‘tish va Ukrainadagi jangovar harakatlarda ishtirok etish uchun shartnoma taklif qilinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0