Dzudo: O‘zbekiston JChning jamoaviy bahslarida bronza medaliga sazovor bo‘ldi

© Foto: Federatsiya dzudo UzbekistanaSbornaya Uzbekistana po dzudo
Sbornaya Uzbekistana po dzudo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2022
Obuna bo‘lish
Dzudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekistonning dzudo tarixi yangilandi.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. O‘zbekiston Sarayevo shahrida (Bosniya va Gersegovina) bo‘lib o‘tgan dzudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatida jamoaviy bahslarda bronza medali sazovor bo‘ldi. Bu haqda respublika Dzudo federatsiyasi xabar berdi.
O‘zbekistonlik dzudochilar guruh bosqichining ilk davrasida Mo‘g‘uliston vakillarini yengishdi. Keyingi bahslarda esa ukrainaliklarga imkoniyat boy berib qo‘yishdi. Bronza medali yo‘lidagi o‘tish bellashuvida Kanada jamoasi ustidan zafar quchishdi.
O‘zbekiston terma jamoasi bronza medali uchun kechgan asosiy bellashuvda tunislik dzudochilarni 4-0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi.
“Kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida hali shu paytgacha sovrindor bo‘lmagan edik. Demak, bu borada ham tarix yangilandi!”, - deyilgan xabarda.
Avvalroq O‘zbekiston jamoasi Jahon birinchiligining yakkalik bellashuvlarida 1 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 4-o‘rinni egallagani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0