Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

© Pixabay / Anrita1705 Zont, illyustrativnoe foto
Zont, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2022
Obuna bo‘lish
Toshkent, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.
TOShKENT, 28 avg - Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, kun davomida shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Kunduzi havo harorati +30...+35 darajani tashkil etadi.
Toshkentda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Maksimal harorat +32...+34 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi hamda tog‘li hududlarining ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishiehtimoli bor. Havo harorati +22...+27 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0