O‘zbekiston - YeOII savdo aylanmasi $ 9 milliardan oshdi - Aripov

 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2022
Obuna bo‘lish
Respublika Bosh vaziri Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida so‘zga chiqdi.
TOShKENT, 26 avg - Sputnik. Yil boshidan buyon O‘zbekistonning YeOII bilan tashqi savdo aylanmasi 9 milliard dollardan oshdi, dedi Abdulla Aripov Cholpan-Ota shahrida bo‘lib o‘tgan YeOII davlatlari bosh vazirlari majlisida.
"Birgalikda olib borilgan ishlar natijasida joriy yilning 7 oyida YeOII davlatlarining O‘zbekiston tashqi savdosidagi ulushi 33 foizgacha oshdi. Bu davrda tashqi savdo aylanmasi 9 milliard dollardan oshdi", — dedi bosh vazir.
Aripov shuningdek Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi rahbari Akilbek Japarovga mehmondo‘stligi va tadbirni yuqori saviyada tashkil etgani uchun minnatdorchilik bildirdi, shuningdek, qirg‘iz xalqini Mustaqillikning 31-yilligi bilan tabrikladi.
Undan tashqari bosh vazir O‘zbekiston Yevroittifoq mamlakatlari bilan kuzatuvchi davlat maqomida o‘zaro manfaatli sheriklikni rivojlantirishga katta ahamiyat berishini aytdi. So‘nggi yillarda respublika tashkilotga a’zo davlatlar bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, ishlab chiqarish va kooperatsiya aloqalarini chuqurlashtirishga qaratilgan tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yganini ta’kidladi.
Aripov, shuningdek, YeIK raisi Mixail Masnikovichning o‘tgan oy Toshkentga tashrifi haqida aytib o‘tdi. Unda jumladan, savdo tartib-qoidalarini soddalashtirish va o‘zaro savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish, mahsulotlar yetkazib berishni jadallashtirish va yuk tashishni raqamlashtirishga qaratilgan hujjatlar ro‘yxati imzolangan edi. Shuningdek, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish haqida kelishib olingan edi.
Eslatib o‘tmiz, bugun Qirg‘izistonning Cholpon-Ota shahrida YeOII bosh vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda YeOII davlatlari vazirlaridan tashqari O‘zbekiston va Kuba kuzatuvchi maqomida Ozarbayjon mehmon maqomida ishtirok etdi.
Yangiliklar lentasi
0