Buxorodagi qamishzorlarda yong‘in sodir bo‘ldi

© Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiMChS
MChS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2022
Obuna bo‘lish
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yong‘in 100 gektar maydonni qamrab olgan. Uning 80 foizini o‘chirishga erishildi.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Buxoro viloyatidagi qamishzorlarda yong‘in yuzaga keldi. Bu haqida FVV xabar berdi.
Aytilishicha, Buxoro viloyati Favqulotdda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik qismiga Peshku tumanidagi Qoraqir massivi hududidagi qamishzorda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Ushbu maydon aholi punktlaridan uzoqda joylashganligi sababli aholiga va ularning mol-mulklariga xavf solmagan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining 107 nafar xodimidan iborat yong‘in-qutqaruv brigadalari zudlik bilan yong‘in joyiga yetib borgan.

"Yong‘in chuqur botqoqlik hududida bo‘lganligi sababli Favqulotdda vaziyatlar vazirligi yong‘in-qutqaruv texnikalaridan foydalanishning imkoni bo‘lmadi. Yong‘in qo‘lda ishlatiladigan asbob-anjomlar orqali bartaraf etilmoqda", deyiladi xabarda.

Yong‘inni o‘chirishga Mudofa vazirligining maxsus vertoloti ham jalb qilingan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yong‘in 100 gektar maydonni qamrab olgan. Uning 80 foizini o‘chirishga erishildi.
Yangiliklar lentasi
0