Ravshan Ermatov Rossiya futboli hakamlari eksperti bo‘ldi

Ravshan Irmatov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2022
Obuna bo‘lish
Ravshan Ermatov Rossiya futbol ittifoqi huzuridagi Ekspert-hakamlar komissiyasi a’zosiga aylandi.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik sobiq futbol hakami Ravshan Ermatov Rossiya futbol ittifoqi prezidenti qoshidagi (RFI) ekspert-hakamlar komissiyasining doimiy a’zosi bo‘ldi. Bu haqda ittifoq matbuot xizmati xabar berdi.
45 yoshli mutaxassis faoliyati davomida 11-marta jahon chempionatiga hakamlik qilgan va bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. 2015-yilda u dunyoning eng yaxshi hakami deb topilgan. 2019-yilda esa rasman hakamlik faoliyatini yakunlagan.
Ravshan Ermatov hozirda O‘FA birinchi vitse-prezidenti sifatida faoliyat ko‘rsatapti.
RFI prezidenti qoshidagi ekspert-hakamlar komissiyasi o‘yinlardagi hakamlik bilan bog‘liq bahsli holatlar, o‘yin natijasiga ta’sir qiladigan qarorlarni ko‘rib chiquvchi, baho beruvchi organ hisoblanadi.
Ravshan Ermatov komissiyasining amaldagi tarkibining to‘qqizinchi a’zosi bo‘ldi. Ermatovdan tashqari komissiya tarkibiga RFI hakamlar bo‘limi boshlig‘i Pavel Kamansev, Sergey Zuyev, Aleksandr Gvardis, Nikolay Ivanov, Sergey Fursa, Nikolay Levnikov, Oleg Sokolov va Eduard Maliy ham kiritilgan.
Ravshan Ermatov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2019
Ravshan Ermatovning 17 mavsumi
Yangiliklar lentasi
0