Buxoroda yangi gaz kondensat koni ochildi – O‘zbekneftgaz

© Press-slujba AO "Uzbekneftegaz"V Muynake iz dvux vnov proburennix skvajin nachali dobivat prirodniy gaz
V Muynake iz dvux vnov proburennix skvajin nachali dobivat prirodniy gaz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2022
Obuna bo‘lish
Tadqiqotlar quduqdan kunlik 800 ming kub metr tabiiy gaz va 15 tonnadan ortiq gazkondensati mahsuloti chiqayotganligini tasdiqladi.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Buxoro hududida “Yangi Alat” deb nomlangan yangi gaz kondensat koni ochildi. Bu haqida “O‘zbekneftgaz” xabar berdi.
Qayd etilishicha, soha mutaxassislari tomonidan amalga oshirilayotgan geologiya-qidiruv ishlari natijasida viloyatning Qorako‘l tumani hududida yangi gazkondensat koni ochishga muvaffaq bo‘lindi.
“Tadqiqotlar quduqdan kunlik 800 ming kub metr tabiiy gaz va 15 tonnadan ortiq gazkondensati mahsuloti chiqayotganligini tasdiqladi”, deyiladi xabarda.
Yil yakuniga qadar, yangi konda uglevodorod xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta hosil qilish dasturi doirasida navbatdagi 2-3 izlov qudug‘ini burg‘ilash ishlarini olib borish rejalashtirilgan.
Hozirda “Yangi Alat” konining 1-sonli qudug‘ida mahsuldor qatlamning bosimi, harorati va boshqa kon-geologik parametrlarini aniqlash hamda uning sanoat miqyosida ishlab chiqarish quvvatlarini baholash maqsadida, geologik-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, “Yangi Alat” koni o‘tgan yilda 3D seysmik ma’lumotlarni qayta ishlash natijasida aniqlanib, unga ko‘ra, yangi quduqni burg‘ilash uchun Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan maydonning pasport ma’lumotlari tayyorlangan.
Konning istiqbolli maydoni 7,5 kv.km., S3 toifali resurslari 2,2 mlrd kub metrda ortiq tabiiy gaz hamda 70 ming tonna gaz kondensatini tashkil qiladi. Ushbu kon “G‘arbiy Tegirmon” va “Tegirmon” konlari atrofida joylashgan.
Yangiliklar lentasi
0