“Sputnik V” vaksinasining yangi versiyasi ishlab chiqildi

© Sputnik / Pavel LisisinVaksina "Sputnik Layt"
Vaksina Sputnik Layt - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2022
Obuna bo‘lish
“Sputnik V”ning ushbu versiyasi shifoxonaga yotqizish va o‘limning oldini olishda ajoyib natijalarni ko‘rsatishda davom etmoqda.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. N.F.Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi “Sputnik V” koronavirusga qarshi vaksinasining “delta” va “omikron” shtammlariga qarshi moslashtirilgan yangi versiyasini ishlab chiqdi. Bu haqda Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, butun pandemiya davrida Gamaleya markazi yangi shtammlarni faol o‘rganmoqda va vaksinani shunga mos ravishda o‘zgartirmoqda. Shunday qilib, yangilangan preparatning tarkibi L452R mutatsiyasini hisobga oladi, u “omikron” BA.5 variantida mavjud, lekin VA.1 variantida yo‘q.
“Sputnik V”ning “delta” va “omikron” shtammlariga qarshi yangi versiyasi vaksinaning yangi shtammlarga moslashtirilgan, shu jumladan asl (Uxan) shtamm va “omikron” shtammiga qarshi birlashtirilgan shunga o‘xshash preparatlarga nisbatan eng istiqbolli versiyadir", deyiladi hisobotda.
Ta’kidlanishicha, moslashtirilgan vaksina “omikron” BA.5 varianti bilan kasallangan hayvonlarning o‘pkasida virusli yukni sezilarli darajada kamaytirishni ta’minlaydi. Bundan tashqari, “Sputnik V”ning ushbu versiyasi shifoxonaga yotqizish va o‘limning oldini olishda ajoyib natijalarni ko‘rsatishda davom etmoqda.
Vaksinaning yangi shtammlarga moslashtirilgan versiyasi kasallikning oldini olishda yuqori natijalarga erishadi, deya xulosa qilingan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0