Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

ShHT mintaqada tinchlikni saqlashga katta hissa qo‘shmoqda – Qurbonov

© Ministerstvo inostrannix del UzbekistanaV ramkax predsedatelstva Respubliki Uzbekistan v Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva 24-avgusta 2022 goda v g.Tashkente nachalos Soveshanie ministrov oboroni gosudarstv-chlenov ShOS.
V ramkax predsedatelstva Respubliki Uzbekistan v Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva 24-avgusta 2022 goda v g.Tashkente nachalos Soveshanie ministrov oboroni gosudarstv-chlenov ShOS.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2022
Obuna bo‘lish
Global xavfsizlikka tahdidlarning kuchayishi fonida ShHTning ahamiyati tobora ortib bormoqda.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Bundan roppa-rosa 20-yil muqaddam Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlarning rahbarlari ShHT nizomini imzolab, xavfsizlikni ta’minlash, yangi chaqiriq va tahdidlarga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlik uchun mustahkam poydevor yaratdi. Bu haqda ShHTga a’zo davlatlar Mudofaa vazirlarining Toshkentdagi yig‘ilishida O‘zbekiston Mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
“Global xavfsizlikka tahdidlarning kuchayishi, davlatlararo qarama-qarshiliklarning keskinlashuvi hamda terroristik va ekstremistik guruhlarning namoyon bo‘lishining kuchayishi fonida ShHTning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Uning nufuzi va talabi kuchaymoqda”, dedi Qurbonov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ShHT mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni saqlashga katta hissa qo‘shmoqda.
“Mintaqaviy barqarorlik ko‘p jihatdan ShHTga a’zo davlatlarning kelishilgan harakatlariga bog‘liq bo‘ladi”, deya qo‘shimcha qildi O‘zbekiston Mudofaa vaziri.
Bugun Toshkentda ShHTga a’zo davlatlar Mudofaa vazirlarining yig‘ilishi boshlandi. Forumda Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu, Qozog‘iston Mudofaa vaziri Ruslan Jaqsilikov, Qirg‘iziston Mudofaa vaziri Baktibek Bekbolotov, Hindiston Mudofaa vaziri Rajnatx Singx, Pokiston Mudofaa vaziri Xavaja Muhammad Asif, Tojikiston Mudofaa vaziri Sherali Mirzo ham so‘zga chiqadi.
Xitoy Mudofaa vaziri Vey Fenxe onlayn formatda ishtirok etmoqda.
Uchrashuvning faxriy mehmonlari orasida quyidagilar ham bor:
O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov, ShHT Bosh kotibi Chjan Min, ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori Ruslan Mirzayev, Belarus Mudofaa vaziri Viktor Xrenin.
Muzokaralarda ShHTda kuzatuvchi davlat sifatida O‘zbekiston, Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston va Belarus harbiy delegatsiyalari ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0