https://oz.sputniknews.uz/20220824/shht-dunyodagi-yangi-kuch-markazi-shoygu-27424373.html
ShHT dunyodagi yangi kuch markazi - Shoygu
ShHT dunyodagi yangi kuch markazi - Shoygu
Sputnik O‘zbekiston
Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) yangi kuch markazi sifatidagi roli notinch xalqaro vaziyat fonida ortib bormoqda, deb hisoblamoqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu.
2022-08-24T13:35+0500
2022-08-24T13:35+0500
2023-07-31T16:10+0500
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
toshkentda shht sammiti
sergey shoygu
rossiya mudofaa vaziri
o‘zbekiston
shht-2022: samarqand sammiti
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/1d/23632135_0:146:2800:1721_1920x0_80_0_0_4ea5cf293a14cc5c41ff7706310d4103.jpg
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) yangi kuch markazi sifatidagi roli notinch xalqaro vaziyat fonida ortib bormoqda, deb hisoblamoqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu.Bugungi kunda ShHTga 8 ta davlat a’zo: Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston va O‘zbekiston."Shuning uchun, harbiy sohadagi hamkorlikni mustahkamlash, umumiy xavfsizlik masalalari bo‘yicha ikki va ko‘p tomonlama formatlarda muntazam maslahatlashuvlar olib borish muhim".Bunday yondashuvlar ushbu uchrashuvda imzolanish uchun tayyorlangan yakuniy hujjatlarda mustahkamlangan, dedi Rossiya mudofaa vaziri.Uning so‘zlariga ko‘ra, “bugungi uchrashuv nihoyatda beqaror xalqaro vaziyat fonida o‘tmoqda”."AQSh va jamoaviy G‘arb, - dedi u, - global hukmronlikni saqlab qolish uchun mustaqil davlatlarga misli ko‘rilmagan bosim o‘tkazmoqda. Buning uchun ochiq shantaj, tahdidlar, rangli inqiloblar va davlat to‘ntarishidan foydalanmoqda, qo‘pol dezinformatsiya tarqalmoqda".“G‘arbning qarama-qarshi harakatlari va u joriy etayotgan sanksiyalari natijasida jahon iqtisodiyotidagi vaziyat yomonlashmoqda, aloqalar buzilmoqda, sun’iy ravishda oziq-ovqat inqirozi yaratilmoqda”, — dedi Rossiya mudofaa vaziri.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/1d/23632135_156:0:2645:1867_1920x0_80_0_0_b5333bab1f913c41d567a19401bfb83b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shht dunyodagi yangi kuch markazi - shoygu
shht dunyodagi yangi kuch markazi - shoygu
ShHT dunyodagi yangi kuch markazi - Shoygu
13:35 24.08.2022 (yangilandi: 16:10 31.07.2023) Rossiya mudofaa vaziri Shoygu ShHTni dunyodagi yangi kuch markazi deb atadi.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) yangi kuch markazi sifatidagi roli notinch xalqaro vaziyat fonida ortib bormoqda, deb hisoblamoqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu.
Bugungi kunda ShHTga 8 ta davlat a’zo: Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston va O‘zbekiston.
“Bunday sharoitda ShHTning roli yangi kuch markazi, teng huquqlilik va o‘zaro hurmatga asoslangan davlatlararo munosabatlar modeli, xalqaro huquq normalariga rioya qilish kafolati sifatida izchil oshib bormoqda”, dedi Shoygu chorshanba kuni ShHT mudofaa vazirlari yig‘ilishda.
"Shuning uchun, harbiy sohadagi hamkorlikni mustahkamlash, umumiy xavfsizlik masalalari bo‘yicha ikki va ko‘p tomonlama formatlarda muntazam maslahatlashuvlar olib borish muhim".
Bunday yondashuvlar ushbu uchrashuvda imzolanish uchun tayyorlangan yakuniy hujjatlarda mustahkamlangan, dedi Rossiya mudofaa vaziri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “bugungi uchrashuv nihoyatda beqaror xalqaro vaziyat fonida o‘tmoqda”.
“Shanxay hamkorlik tashkiloti mintaqasida, butun dunyoda bo‘lgani kabi, tahdidlar kuchaymoqda, mahalliy inqirozlar susaymayapti, yangi jiddiy chaqiriqlar paydo bo‘lmoqda”, - dedi Shoygu.
"AQSh va jamoaviy G‘arb, - dedi u, - global hukmronlikni saqlab qolish uchun mustaqil davlatlarga misli ko‘rilmagan bosim o‘tkazmoqda. Buning uchun ochiq shantaj, tahdidlar, rangli inqiloblar va davlat to‘ntarishidan foydalanmoqda, qo‘pol dezinformatsiya tarqalmoqda".
“G‘arbning qarama-qarshi harakatlari va u joriy etayotgan sanksiyalari natijasida jahon iqtisodiyotidagi vaziyat yomonlashmoqda, aloqalar buzilmoqda, sun’iy ravishda oziq-ovqat inqirozi yaratilmoqda”, — dedi Rossiya mudofaa vaziri.