ArMI-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2022
ARMI-2022
ARMI - 2022: VIII Xalqaro armiya o‘yinlari, 13-27 avgust, 2022-yil.

ArMI-2022: O‘zbekiston “Harbiy-tibbiy estafeta”da 2-o‘rinni egalladi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaKonkurs “Voyenno-meditsinskaya estafeta”
Konkurs “Voyenno-meditsinskaya estafeta” - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston harbiy tibbiyotchilari 15 ta davlat orasidan faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan “Harbiy-tibbiy estafeta” musobaqasida O‘zbekiston harbiylari faxrli ikkinchi o‘rinni egallashdi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi xabar qildi.
Bellashuvlarda dunyoning jami 15 ta davlatidan bo‘lgan harbiy tibbiyotchilar o‘zaro bahslashishdi.
Musobaqa nizomiga ko‘ra, erkaklar va ayollardan iborat har bir jamoa tarkibidan o‘rin olgan shifokorlar, o‘rta tibbiyot xodimlari va haydovchilar jami 4 shart: otish tayyorgarligi, yagona to‘siqlardan o‘tish, maxsus tayyorgarlik (jang maydonidan shartli yaradorli olib chiqib, unga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish) hamda jamoaviy birinchilik bo‘yicha kuch sinashdi.
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Konkurs “Voyenno-meditsinskaya estafeta” - Sputnik O‘zbekiston
1/3
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Konkurs “Voyenno-meditsinskaya estafeta” - Sputnik O‘zbekiston
2/3
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Konkurs “Voyenno-meditsinskaya estafeta” - Sputnik O‘zbekiston
3/3
1/3
2/3
3/3
Yakunda birinchi o‘rin Rossiya jamoasiga nasib etdi. Ikkinchi o‘rinni O‘zbekiston jamoasi egalladi. Uchinchi o‘ringa Vyetnam va Belarus jamoalari loyiq ko‘rildi.
Shuningdek, musobaqa doirasida haydovchilar o‘rtasida maxsus to‘siqlardan o‘tish bahslarida O‘zbekiston vakili kichik serjant Doston Mahmudov “Eng ilg‘or haydovchi” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, oltin medalga ega chiqdi.
© Ministerstvo oboroni UzbekistanaDoston Maxmudov
Doston Maxmudov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2022
Doston Maxmudov
Yangiliklar lentasi
0