Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

Turkiya va Suriya yetakchilari ShHT sammitida uchrashishi mumkin

© Sputnik / Zafar XalilovFlagi stran ShOS
Flagi stran ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2022
Obuna bo‘lish
Rejep Tayyip Erdo‘g‘an va Suriya yetakchisi Bashar Asad O‘zbekistonda ShHT sammitida uchrashishi kutilmoqda.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an va Suriya yetakchisi Bashar Asad O‘zbekistonda sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitida uchrashishi mumkin. Bu haqida “RIA Novosti” Eron agentligi “TASNIM”ga tayanib xabar berdi.
Avvalroq Erdo‘g‘on Rossiya prezidenti Vladimir Putin uni sentabr oyida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan ShHT yig‘ilishiga taklif qilganini ma’lum qilgandi.
"Rossiya prezidenti Erdo‘g‘anni Shanxay hamkorlik tashkilotining O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida ishtirok etishga taklif qildi. Putin Asaddan ham ushbu yig‘ilishda ishtirok etishni so‘radi", deb yozadi agentlik.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyaning “Vatan” partiyasi yetakchisi Dog‘u Perinchek yaqin orada siyosiy-diplomatik delegatsiya tarkibida Suriyaga boradi va u yerda prezident Bashar Assad bilan uchrashadi va muzokaralar o‘tkazadi.
"Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu safarda Perinchekga bir qator sobiq vazirlar va turk diplomatiyasining faxriylari hamrohlik qiladi va Turkiya rasmiylariga mazkur safar yuzasidan hisobot taqdim etiladi", deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, ushbu sayohat 12 o‘rinli maxsus samolyotda amalga oshiriladi va bu Turkiya aeroportidan Damashqqa 10-yil ichida birinchi parvoz bo‘ladi. (2011 yildan beri to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar amalga oshirilmaydi).

"Ushbu sayohatning diqqat markazida aloqalarni tiklash yo‘llari, Suriya shimolida terrorizmga qarshi birgalikda kurash va qochqinlarni qaytarish bo‘ladi. Shuningdek, olingan ma’lumotlarga asoslanib, agar bu uchrashuv ijobiy bo‘lsa hamdahisobot Damashqda taqdim etilsa va umumlashtirilsa va Anqara, ehtimol ikki davlat rahbarlari ShHTning O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishi doirasida bir-birlari bilan uchrashishlari mumkin.Bu uchrashuv sentabr oyining so‘nggi kunlarida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi”, deyiladi agentlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 2021-2022 yillarda O‘zbekiston ShHTga raislik qilmoqda. Tashkilotning navbatdagi sammiti 15-16 sentabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
Ayni paytda 2001-yilda tashkil etilgan ShHTga O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Xitoy, Hindiston va Pokiston kiradi. Ayni damda Eron tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lishga tayyorlanmoqda. Avvalroq Belarus tashkilotga a’zo bo‘lish uchun ariza bergandi. Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston - kuzatuvchi-davlatlar hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0