Qozog‘istonda Ukraina elchisini persona non grata deb e’lon qilish talab etildi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishZasedanie Soveta ministrov inostrannix del ShOS v Astane
Zasedanie Soveta ministrov inostrannix del ShOS v Astane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2022
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligidan Ukraina elchisi Vrublevskiyni persona non grata deb e’lon qilish talab qilindi.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Qozog‘istonning rus, slavan va qozoq tashkilotlari uyushmasi Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligini Ukrainaning Nur-Sultondagi elchisi Potr Vrublevskiyni ruslar haqidagi bayonotlari uchun persona non grata deb e’lon qilishga chaqiradi.
Ijtimoiy tarmoqlarda avvalroq Ukrainaning Qozog‘istondagi elchisi Potr Vrublevskiy ekani taxmin qilingan erkak Ukraina rejimi imkon qadar ko‘proq rossiyaliklarni o‘ldirishga harakat qilayotganini aytgan video e’lon qilingan edi.

“Bunday bayonotlar elchi maqomi va diplomatik etikaga to‘g‘ri kelmaydi. Bunday demarshlar 120 dan ortiq millat vakillari tinch va do‘stlikda yashayotgan, jumladan, ruslar va ukrainlar ham yashayotgan mamlakatimizda tinchlik va totuvlikka putur yetkazadi. Shu munosabat bilan uyushma Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligidan Ukraina elchisi Vrublevskiyni persona non grata deb e’lon qilishni talab qiladi”, - deydi uyushma rahbari Vladimir Bojko.

Uyushma, shuningdek, Qozog‘iston prokuraturasidan “ushbu materialning Ukraina elchisining ijtimoiy tarmoqlardagi bayonoti bilan tarqatilgani faktini tekshirishni hamda uni tayyorlash va chop etishga aloqador shaxslarni qonunga muvofiq javobgarlikka tortishni” so‘ragan.
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.
Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, Qurolli Kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qo‘shinlariga zarba bermoqda. 25-martga kelib ular birinchi bosqichning asosiy vazifalarini bajarishdi - Ukrainaning jangovar salohiyatini sezilarli darajada kamaytirishdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi endi asosiy maqsad - Donbassni ozod qilish ekanini ta’kidlagan. 3-iyul kuni Lugansk xalq respublikasi to‘liq ozod qilindi.
Yangiliklar lentasi
0