Putin Darya Duginani vafotidan keyin “Jasorat” ordeni bilan taqdirladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishPMEF-2022. Rabota studii radio Sputnik
PMEF-2022. Rabota studii radio Sputnik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2022
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin mashinasi portlab halok bo‘lgan jurnalist Darya Duginani vafotidan keyin "Jasorat" ordeni bilan taqdirladi.
TOShKENT, 23 avg - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Darya Duginani vafotidan keyin “Jasorat” ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda Kreml saytida xabar berildi.
“Kasbiy burchini bajarishda ko‘rsatgan jasorati va fidoyiligi uchun “Jasorat” ordeni bilan “Sargrad Media” nodavlat aksiyadorlik jamiyatining muxbiri Darya Aleksandrovna Dugin mukofotlansin (vafotidan keyin)”, deyiladi prezident farmoni matnida.
Eslatib o‘tamiz, 21-avgust tunda Moskva viloyatida Darya Duginaning avtomobili masofadan turib portlatib yuborilgan edi. Mutaxassislar aytishiga ko‘ra, ushbu suiqasd aslida Daryaning otasi faylasuf Aleksandr Duginga qarshi uyushtirilgan. U tasodif tufayli so‘nggi daqiqada boshqa avtomobilda shaharga qaytishga qaror qilgan.
Rossiya Federal Xavfsizlik xizmatiga ko‘ra, suiqasd Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan tayyorlangan va sodir etilgan.
Jinoyatchi — Ukraina fuqarosi Vovk Natalya Pavlovna (1979 yilda tug‘ilgan) - 2022-yil 23-iyulda qizi Shaban Sofiya (2010 yilda tug‘ilgan) bilan birga Rossiya hududiga kirib kelgan. Daryaning turmush tarzi haqida ma’lumot to‘plash uchun u Moskvada marhum yashagan uyda kvartira ijaraga olgan.
Qotillik sodir bo‘lgan kuni, 21-avgustda u qizi bilan "Traditsiya" festivalida bo‘lgan. Masofadan turib boshqariluvchi bomba portlatilganidan so‘ng u Pskov orqali Estoniyaga chiqib ketgan.
Jurnalistni kuzatish uchun jinoyatchilar Mini Sooper rusumli avtomashinadan foydalangan, Rossiyaga kirishda ular E982XN DPR - DXR avtoraqamlaridan foydalanishgan. Moskvada – Qozog‘iston raqamlari – 172AJD02, chiqish vaqtida esa – Ukraina raqamlaridan foydalangan – AN7771IP.
Yangiliklar lentasi
0