https://oz.sputniknews.uz/20220823/maymun-chechagi-aqshning-barcha-shtatlariga-tarqaldi-27384321.html
Maymun chechagi AQShning barcha shtatlariga tarqaldi
Maymun chechagi AQShning barcha shtatlariga tarqaldi
Sputnik O‘zbekiston
Shu paytgacha kasallik aniqlanmagan Vayoming shtatida birinchi infeksiya holati tasdiqlandi. 23.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-23T14:17+0500
2022-08-23T14:17+0500
2022-08-23T14:17+0500
dunyoda
aqsh
maymun chechagi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/17/27384984_0:752:2048:1904_1920x0_80_0_0_ae9b6a208d75aa75468ce28489779eba.jpg
TOShKENT, 23 avg - Sputnik. Maymun chechagi kasalligi AQShning barcha 50 shtatida qayd etildi. Bu haqda “ABC News” xabar bergan.Shu paytgacha kasallik aniqlanmagan Vayoming shtatida birinchi infeksiya holati tasdiqlangan. Vayoming Sog‘liqni saqlash departamenti Shayenn poytaxtini o‘z ichiga olgan Larami okrugida katta yoshli erkakda infeksiya holatini e’lon qilgan.Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazining ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda jami 15 433 kishi maymun chechagi bilan kasallangan, ularning aksariyati Nyu-York (2910) va Kaliforniya (2663) shtatlarida.Maymun chechagi kamdan-kam uchraydigan virusli infeksiya bo‘lib, u odamlar orasida ham yuqadi. Bu odatda yengil holat bo‘lib, ko‘pchilik bir necha hafta ichida tuzalib ketadi, ammo ba’zilarida asoratlar paydo bo‘lishi mumkin. Maymun chechagining dastlabki belgilariga isitma, bosh og‘rig‘i, mushak og‘rig‘i, bel og‘rig‘i, shishgan limfa tugunlari, titroq va charchoq kiradi. Ko‘pincha yuzdan boshlanib, keyin tananing boshqa qismlariga tarqaladigan toshma paydo bo‘lishi mumkin.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda maymun chechagi kasalligi qayd etilmagan. Kasallikning respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida “Maymun chechagi uslubiy qo‘llanmasi” loyihasi tayyorlangan. Respublika chegara-bojxona postlarida sanitariya-karantin punktlarining ish faoliyati kuchaytirilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/17/27384984_0:560:2048:2096_1920x0_80_0_0_394995c6b0059893d0e9f419632c3747.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, aqsh, maymun chechagi
dunyoda, aqsh, maymun chechagi
Maymun chechagi AQShning barcha shtatlariga tarqaldi
Shu paytgacha kasallik aniqlanmagan Vayoming shtatida birinchi infeksiya holati tasdiqlandi.
TOShKENT, 23 avg - Sputnik. Maymun chechagi kasalligi AQShning barcha 50 shtatida qayd etildi. Bu haqda “ABC News”
xabar bergan. Shu paytgacha kasallik aniqlanmagan Vayoming shtatida birinchi infeksiya holati tasdiqlangan. Vayoming Sog‘liqni saqlash departamenti Shayenn poytaxtini o‘z ichiga olgan Larami okrugida katta yoshli erkakda infeksiya holatini e’lon qilgan.
Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazining ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda jami 15 433 kishi maymun chechagi bilan kasallangan, ularning aksariyati Nyu-York (2910) va Kaliforniya (2663) shtatlarida.
Maymun chechagi kamdan-kam uchraydigan virusli infeksiya bo‘lib, u odamlar orasida ham yuqadi. Bu odatda yengil holat bo‘lib, ko‘pchilik bir necha hafta ichida tuzalib ketadi, ammo ba’zilarida asoratlar paydo bo‘lishi mumkin. Maymun chechagining dastlabki belgilariga isitma, bosh og‘rig‘i, mushak og‘rig‘i, bel og‘rig‘i, shishgan limfa tugunlari, titroq va charchoq kiradi. Ko‘pincha yuzdan boshlanib, keyin tananing boshqa qismlariga tarqaladigan toshma paydo bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda maymun chechagi kasalligi
qayd etilmagan. Kasallikning respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida “Maymun chechagi uslubiy qo‘llanmasi” loyihasi tayyorlangan. Respublika chegara-bojxona postlarida sanitariya-karantin punktlarining ish faoliyati kuchaytirilgan.