https://oz.sputniknews.uz/20220822/ozbekistonda-muomaladagi-bank-kartalari-soni-30-mlndan-oshdi-27350632.html
O‘zbekistonda muomaladagi bank kartalari soni 30 milliondan oshdi
O‘zbekistonda muomaladagi bank kartalari soni 30 milliondan oshdi
Sputnik O‘zbekiston
1 avgust holatiga 35 ta tijorat banki tomonidan o‘rnatilgan bankomat va infokiosklar soni 18 450 tani tashkil etmoqda. 22.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-22T14:47+0500
2022-08-22T14:47+0500
2022-08-22T14:48+0500
iqtisod
plastik karta
markaziy bank
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/16/27354979_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_da1398749c9c2e551145b98c8b7d0b62.jpg
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. O‘zbekiston tijorat banklari tomonidan muomalaga kiritilgan bank kartalari soni 30 mlndan oshdi. Bu haqida Markaziy bank xabar berdi.Ma’lumotga ko‘ra, 1-avgust holatiga 35 ta tijorat banki tomonidan o‘rnatilgan bankomat va infokiosklar soni 18 450 tani tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatgich 22-iyul kuni 16 830 taga teng edi.O‘rnatilgan to‘lov terminallari soni esa 433 178 taga teng bo‘ldi.Yanvar-iyul oylari davomida to‘lov terminallari orqali tushgan tushumlar 88,5 trln so‘mdan oshdi.Masofadan bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi tizimlardan foydalanuvchilarning soni 26 274 113 nafarga teng bo‘ldi.Eslatib o‘tamiz, hozirda mamlakatda mijozlarni masofaviy biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasidan 15 ta tijorat banki va 4 ta to‘lov tashkiloti foydalanmoqda.Tahlillar respublikada bank kartasi va to‘lov terminalidan bevosita foydalanmasdan yetkazilgan tovar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun mobil ilova dasturlari yordamida QR-kod orqali tezkor to‘lovlarni amalga oshirish ommalashib borayotganini ko‘rsatmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/16/27354979_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_3a015e3f2c726e45f2dc8d845b14fb45.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, plastik karta, markaziy bank
iqtisod, plastik karta, markaziy bank
O‘zbekistonda muomaladagi bank kartalari soni 30 milliondan oshdi
14:47 22.08.2022 (yangilandi: 14:48 22.08.2022) 1 avgust holatiga 35 ta tijorat banki tomonidan o‘rnatilgan bankomat va infokiosklar soni 18 450 tani tashkil etmoqda.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. O‘zbekiston tijorat banklari tomonidan muomalaga kiritilgan bank kartalari soni 30 mlndan oshdi. Bu haqida Markaziy bank xabar
berdi. Ma’lumotga ko‘ra, 1-avgust holatiga 35 ta tijorat banki tomonidan o‘rnatilgan bankomat va infokiosklar soni 18 450 tani tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatgich 22-iyul kuni 16 830 taga teng edi.
O‘rnatilgan to‘lov terminallari soni esa 433 178 taga teng bo‘ldi.
Yanvar-iyul oylari davomida to‘lov terminallari orqali tushgan tushumlar 88,5 trln so‘mdan oshdi.
Masofadan bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi tizimlardan foydalanuvchilarning soni 26 274 113 nafarga teng bo‘ldi.
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar - 1 075 394 nafar;
Jismoniy shaxslar - 25 198 719 nafar.
Eslatib o‘tamiz, hozirda mamlakatda mijozlarni masofaviy biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasidan 15 ta tijorat banki va 4 ta to‘lov tashkiloti foydalanmoqda.
Tahlillar respublikada bank kartasi va to‘lov terminalidan bevosita foydalanmasdan yetkazilgan tovar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun mobil ilova dasturlari yordamida QR-kod orqali tezkor to‘lovlarni amalga oshirish ommalashib borayotganini
ko‘rsatmoqda.