ArMI—2022: O‘zbekiston jamoasi dastlabki oltin medallarni qo‘lga kiritdi
08:30 22.08.2022 (yangilandi: 12:28 22.08.2022)
© O‘zbekiston Mudofaa vazirliArMI—2022: o‘zbekistonlik vakillardan dastlabki oltin medallar
© O‘zbekiston Mudofaa vazirli
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston jamoasi a’zolariga armiya o‘yinlari kubogi hamda musobaqa bosh sovrini “Chevrolet Gentra” avtomashinasining kaliti tantanali ravishda topshirildi.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. ArMI—2022 VIII Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida o‘tkazilgan "Yo‘l patruli" musobaqasining mutlaq g‘olibi deya topilgan O‘zbekiston jamoasi oltin medallar bilan taqdirlandi. Bu haqida Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Qo‘qonda xalqaro armiya o‘yinlari doirasida o‘tkazilayotgan "Yo‘l patruli" musobaqasining tantanali yopilish marosimi o‘tkazildi.
© O‘zbekiston Mudofaa vazirliArMI—2022: o‘zbekistonlik vakillardan dastlabki oltin medallar
ArMI—2022: o‘zbekistonlik vakillardan dastlabki oltin medallar
© O‘zbekiston Mudofaa vazirli
Qayd etilishicha, musobaqada uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Eron Islom Respublikasi hamda Belarus Respublikasi jamoasi a’zolari bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Rossiya Federatsiyasi jamoasiga esa kumush medallari topshirildi.
O‘zbekiston jamoasi a’zolariga armiya o‘yinlari kubogi hamda musobaqa bosh sovrini “Chevrolet Gentra” avtomashinasining kaliti tantanali ravishda topshirildi.
© O‘zbekiston Mudofaa vazirliArMI—2022: o‘zbekistonlik vakillardan dastlabki oltin medallar
ArMI—2022: o‘zbekistonlik vakillardan dastlabki oltin medallar
© O‘zbekiston Mudofaa vazirli
Ma’lumot uchun, 4 kun davom etgan ushbu musobaqada O‘zbekiston, Rossiya, Eron Islom Respublikasi hamda Belarus Respublikasining harbiy xizmatchilaridan iborat jamoalar baxs olib borishdi.
Jami 2 ta bosqich 6 ta shart bo‘yicha o‘zaro kuch sinashgan jamoalar, "individual poyga", "texnik tanaffus", "ekstremal to‘xtash", "parallel parkovka", "kontravariya", "harbiy estafeta" kabi shartlarni bajargan holda o‘zlarining bilim va ko‘nikmalarini amalda namoyon qildishdi.