ArMI-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2022
ARMI-2022
ARMI - 2022: VIII Xalqaro armiya o‘yinlari, 13-27 avgust, 2022-yil.

ArMI-2022: O‘zbekiston jamoasi “Desant vzvodi”da peshqadamlar safida bormoqda

Obuna bo‘lish
“Desant vzvodi” musobaqasining navbatdagi bosqichi shartlarini o‘zbekistonlik harbiylar muvaffaqiyatli bajarishdi.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. ArMI-2022 Xalqaro armiya o‘yinlarining Jazoirda o‘tkazilayotgan “Desant vzvodi” musobaqasining navbatdagi bosqichi yakuniga yetdi.
Mazkur bosqichda ishtirorkchilar guruh tarkibida mo‘ljalga olib harakatlanish sharti bo‘yicha 3 ta guruhga bo‘linib harakatlanishdi. Har bir jamoadan 180 daqiqa vaqt ichida 30 kilometr kvadrat hududda joylashgan nazorat punktlari ko‘proq topish talab etildi.
Musobaqaning murakkab jihatlaridan biri — harbiy xizmatchilarga xaritalar startdan 10 daqiqa oldin beriladi. Agarda ishtirokchilar belgilangan punktlarni topishga 180 daqiqadan ortiq vaqt sarflasa, jarima ballari qo‘llaniladi. Umumiy vaqt 30 daqiqadan oshib ketsa, jamoa natijasi bekor qilinadi.
O‘zbekiston jamoasi mazkur shartni belgilangan vaqt oralig‘ida bajarib, 15 ta davlat orasida uchinchi o‘rinni qayd etdi. Birinchilik mezbon davlatga nasib etgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni Xitoy jamoasi band etdi.
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Konkurs Desantniy vzvod - Sputnik O‘zbekiston
1/3
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Konkurs Desantniy vzvod - Sputnik O‘zbekiston
2/3
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Konkurs Desantniy vzvod - Sputnik O‘zbekiston
3/3
Musobaqaning hozirga qadar o‘tkazilgan shartlari bo‘yicha umumjamoa hisobida o‘zbekistonlik harbiylar 2-o‘rinda ketmoqda.
Yangiliklar lentasi
0