https://oz.sputniknews.uz/20220821/uzbekistan-airwaysni-xususiylashtirish-jarayoni-boshlandi-27331848.html
“Uzbekistan Airways”ni xususiylashtirish jarayoni boshlandi
“Uzbekistan Airways”ni xususiylashtirish jarayoni boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi UzAirways AJni xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish uchun professional konsalting kompaniyasini qidirmoqda. 21.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-21T15:37+0500
2022-08-21T15:37+0500
2022-08-21T15:37+0500
iqtisod
uzbekistan airways
xususiylashtirish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1285/54/12855439_0:182:3073:1910_1920x0_80_0_0_c5c9c4cc21f69825c22a0ef6c8584986.jpg
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Hukumat Uzbekistan Airways’ni xususiylashtirish jarayonlarini boshladi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi konsultant tanlab olinilishi yuzasidan tanlov e’lon qildi.Barcha qiziqish bildirgan mahalliy va xorijiy talabgorlardan taklif taqdim etish uchun so‘rovnomaga asosan tijorat takliflarini 17-sentabr kuni soat 18:00 (Toshkent vaqti bilan)ga qadar taqdim etish so‘ralgan.Qayd etilishicha, O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi tarmog‘ida aktivlarni xususiylashtirish quyidagi maqsadlarga erishishga qaratilgan:Kompaniya “O’zbekiston havo yo’llari” milliy aviakompaniyasi xizmat ko‘rsatish belgisi va savdo belgisining mutlaq huquqiy vorisi hisoblanadi.2021 yil yakuniga ko‘ra, kompaniya 6,3 trillion so‘m miqdoridagi sof tushumga, 53,7 milliard so‘m miqdoridagi sof foydaga, 4,2 trillion so‘m miqdoridagi ustav kapitaliga ega.“Uzbekistan Airways” — O‘zbekiston aviatsiyasi va xalqaro qoidalarining nizomiga muvofiq yo‘lovchilarni va har qanday turdagi pochtalarni havo kemalari orqali tashish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadi.Kompaniya 50 nafardan ortiq belgilangan yo‘nalishlarda, jumladan Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerika mamlakatlariga muntazam ravishda reyslarni amalga oshiradi. Aviakompaniyaning vakolatxonalari 20 dan ortiq dunyo shaharlarida faoliyat ko‘rsatadi.Eslatib o‘tamiz, prezident qarori bilan 2022-yil 1-sentabrga qadar “Uzbekistan airways” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz va undan yuqori miqdordagi davlat ulushini savdoga chiqarish, shu jumladan, aksiyalarini ommaviy joylashtirish (IPO) ishlarini boshlash belgilangan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1285/54/12855439_245:0:2974:2047_1920x0_80_0_0_4ba8ba60d7d95a7fe2b93aa4c9525ef5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, uzbekistan airways, xususiylashtirish
iqtisod, uzbekistan airways, xususiylashtirish
“Uzbekistan Airways”ni xususiylashtirish jarayoni boshlandi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi UzAirways AJni xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish uchun professional konsalting kompaniyasini qidirmoqda.
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Hukumat Uzbekistan Airways’ni xususiylashtirish jarayonlarini boshladi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi konsultant tanlab olinilishi yuzasidan tanlov
e’lon qildi. Barcha qiziqish bildirgan mahalliy va xorijiy talabgorlardan taklif taqdim etish uchun so‘rovnomaga asosan tijorat takliflarini 17-sentabr kuni soat 18:00 (Toshkent vaqti bilan)ga qadar taqdim etish so‘ralgan.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi tarmog‘ida aktivlarni xususiylashtirish quyidagi maqsadlarga erishishga qaratilgan:
tarmoqda raqobatni rivojlantirish va unda davlat ishtirokini qisqartirish;
tabiiy, moliyaviy, texnik va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
tarmoqni rivojlantirish uchun xususiy investitsiyalarni jalb qilish hajmini ko‘paytirish.
Kompaniya “O’zbekiston havo yo’llari” milliy aviakompaniyasi xizmat ko‘rsatish belgisi va savdo belgisining mutlaq huquqiy vorisi hisoblanadi.
2021 yil yakuniga ko‘ra, kompaniya 6,3 trillion so‘m miqdoridagi sof tushumga, 53,7 milliard so‘m miqdoridagi sof foydaga, 4,2 trillion so‘m miqdoridagi ustav kapitaliga ega.
“Uzbekistan Airways” — O‘zbekiston aviatsiyasi va xalqaro qoidalarining nizomiga muvofiq yo‘lovchilarni va har qanday turdagi pochtalarni havo kemalari orqali tashish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadi.
Kompaniya 50 nafardan ortiq belgilangan yo‘nalishlarda, jumladan Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerika mamlakatlariga muntazam ravishda reyslarni amalga oshiradi. Aviakompaniyaning vakolatxonalari 20 dan ortiq dunyo shaharlarida faoliyat ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, prezident qarori bilan 2022-yil 1-sentabrga qadar “Uzbekistan airways” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz va undan yuqori miqdordagi davlat ulushini savdoga chiqarish, shu jumladan, aksiyalarini ommaviy joylashtirish (IPO) ishlarini
boshlash belgilangan.