ArMI-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2022
ARMI-2022
ARMI - 2022: VIII Xalqaro armiya o‘yinlari, 13-27 avgust, 2022-yil.

ArMI-2022: O‘zbekiston “Yo‘l patruli” dastlabki shartlarini muvaffaqqiyatli boshladi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston harbiylari “Kontravariya tayyorgarligi elementlarini bajargan holda ekstremal haydash” va “Texnik tanaffus” shartlarida peshqadam bo‘lishdi.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. O‘zbekiston harbiylari Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tayotgan ArMI-2022 doirasidagi “Yo‘l patruli” musobaqasining birinchi bosqichini muvaffaqqiyatli boshlashdi.
“Kontravariya tayyorgarligi elementlarini bajargan holda ekstremal haydash” sharti davomida ishtirokchilar asfaltlangan maydonda kontravariya tayyorgarligi elementlarini bajarib, mashinani ekstremal haydashdi. Unda O‘zbekiston sharafini 3-darajali serjant Siddiq A’zamov, kapitan Abbos Amirov, 3-darajali serjant Farhod Musayevlar himoya qildi.
Jamoa a’zolari konuslar bilan jihozlangan tekis maydonda “Ilon izi”, “Politsiyacha burilish” va shu kabi elementlarni bajargan holda belgilangan finish chizig‘ini bosib o‘tishlari kerak edi.
Shart yakuni bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi birinchi, Rossiya ikkinchi hamda Eron uchinchi o‘rinlarni egallab turibdi.
Kunning ikkinchi yarmida musobaqaning navbatdagi sharti bo‘lib o‘tdi. “Texnik tanaffus” shartida mamlakat sharafini kapitan Jamoliddin Egamberdiyev va kichik serjant Muzaffar To‘laboyevlar himoya qilishdi. Ular 1 daqiqayu 15 soniyada shartni bajarib, yaqqol peshqadamga aylandi.
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Konkurs “Dorojniy patrul” - Sputnik O‘zbekiston
1/4
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Konkurs “Dorojniy patrul” - Sputnik O‘zbekiston
2/4
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Konkurs “Dorojniy patrul” - Sputnik O‘zbekiston
3/4
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Konkurs “Dorojniy patrul” - Sputnik O‘zbekiston
4/4
Keyingi o‘rinlarda Rossiya va Belarus vakillari.
Yangiliklar lentasi
0