https://oz.sputniknews.uz/20220817/toshkent-aeroportiga-1000-ta-yangi-yuk-aravachalari-olib-kelindi-27206712.html
Toshkent aeroportiga 1000 ta yangi yuk aravachalari olib kelindi
Toshkent aeroportiga 1000 ta yangi yuk aravachalari olib kelindi
Sputnik O‘zbekiston
Bir oy oldin aeroportni bagaj aravachalari bilan ta’minlab kelgan kompaniya ushbu xizmatni ko‘rsatishdan bosh tortgan va barcha yuk aravachalarni olib ketgan edi. 17.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-17T10:06+0500
2022-08-17T10:06+0500
2022-08-17T10:06+0500
jamiyat
toshkent xalqaro aeroporti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/11/27206431_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_c0b9a5a8a57549e1feaadeaab269c7ef.jpg
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Islom Karimov nomidagi “Toshkent”xalqaro aeroportiga bagajlar uchun 1000ta yangi yuk aravachalari keldi. Bu haqda aeroport Matbuot xizmati xabar berdi.“Toshkent xalqaro aeroporti Germaniyaning “Wanzl” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 1000 ta yangi bagaj aravalarini qabul qilib oldi”, - deyiladi xabarda.Matbuot xizmatining eslatib o‘tishicha, bir oy oldin “Toshkent” aeroportida yuk aravachalari bilan bog‘liq qiyin vaziyat yuzaga kelgan. “Abadiya Trade” xususiy korxonasi oldindan ogohlantirmasdan va shartnoma shartlarini buzgan holda ushbu xizmatni ko‘rsatishdan bosh tortgan hamda barcha yuk aravachalari olib ketgan.“Uzbekistan Airports” boshqaruv kompaniyasi mintaqaviy ayeroportlardan bir qancha yuk aravachalari Toshkentga olib kelishga, shuningdek, qisqa vaqt ichida mahalliy ishlab chiqaruvchidan aravachalar partiyasiga buyurtma berishga majbur bo‘lgan.“Ayni paytda “Toshkent” aeroporti o‘z bagaj aravachalari bilan to‘liq ta’minlangan. Yaqin kunlarda barcha hududiy aeroportlarga yangi xizmat ko‘rsatish aravachalari ham keltiriladi”, - deyiladi xabarda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/11/27206431_73:0:1208:851_1920x0_80_0_0_90ef6d0ef000731a5f224a3f97780045.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, toshkent xalqaro aeroporti
jamiyat, toshkent xalqaro aeroporti
Toshkent aeroportiga 1000 ta yangi yuk aravachalari olib kelindi
Bir oy oldin aeroportni bagaj aravachalari bilan ta’minlab kelgan kompaniya ushbu xizmatni ko‘rsatishdan bosh tortgan va barcha yuk aravachalarni olib ketgan edi.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Islom Karimov nomidagi “Toshkent”xalqaro aeroportiga bagajlar uchun 1000ta yangi yuk aravachalari keldi. Bu haqda aeroport Matbuot xizmati
xabar berdi. “Toshkent xalqaro aeroporti Germaniyaning “Wanzl” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 1000 ta yangi bagaj aravalarini qabul qilib oldi”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bugungi kunda uchib ketish va uchib kelish zallariga kerakli miqdorda yuk aravachalari yetkazilgan.
Matbuot xizmatining eslatib o‘tishicha, bir oy oldin “Toshkent” aeroportida yuk aravachalari bilan bog‘liq qiyin vaziyat yuzaga kelgan. “Abadiya Trade” xususiy korxonasi oldindan ogohlantirmasdan va shartnoma shartlarini buzgan holda ushbu xizmatni ko‘rsatishdan bosh tortgan hamda barcha yuk aravachalari olib ketgan.
“Uzbekistan Airports” boshqaruv kompaniyasi mintaqaviy ayeroportlardan bir qancha yuk aravachalari Toshkentga olib kelishga, shuningdek, qisqa vaqt ichida mahalliy ishlab chiqaruvchidan aravachalar partiyasiga buyurtma berishga majbur bo‘lgan.
“Ayni paytda “Toshkent” aeroporti o‘z bagaj aravachalari bilan to‘liq ta’minlangan. Yaqin kunlarda barcha hududiy aeroportlarga yangi xizmat ko‘rsatish aravachalari ham keltiriladi”, - deyiladi xabarda.