https://oz.sputniknews.uz/20220815/ozbekistonning-yana-51-ta-tumanida-gemodializ-xizmati-yolga-qoyiladi-27139804.html
O‘zbekistonning yana 51 ta tumanida gemodializ xizmati yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yana 51 ta tumanida gemodializ xizmati yo‘lga qo‘yiladi
Sputnik O‘zbekiston
Hozirda gemodializ xizmati yo‘lga qo‘yilgan tumanlar soni 23 taga yetdi. 15.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-15T12:13+0500
2022-08-15T12:13+0500
2022-08-15T12:13+0500
jamiyat
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
gemodializ xizmati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/01/24314497_0:140:2998:1826_1920x0_80_0_0_bf0422a43661b0dca6238760194ce0ac.jpg
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Shu yil yakuniga qadar viloyatlar markazidan 50-100 kilometrgacha uzoqlikda bo‘lgan jami 51 ta tumanda gemodializ xizmati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.Qayd etilishicha, O‘zbekistonda gemodializ xizmati yo‘lga qo‘yilgan tumanlar soni 23 taga yetdi.Sentabr oyidan esa Toshkent shahrida 700 nafar bemorga xizmat ko‘rsatuvchi shunday muassasa faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Toshkent shahrida 1 100 nafar bemorga gemodializ xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha Hindistonning “Nephrocare Health Services Central Asia” kompaniyasi bilan davlat-xususiy sheriklik asosidagi bitim imzolandi.Unga ko‘ra aprel oyida Nukusda 150 nafar bemorga xizmat ko‘rsatuvchi yangi gemodializ klinikasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.Shuningdek, Xorazm viloyatining Urganch va Bog‘ot tumanlarida 250 nafar bemorga xizmat ko‘rsatuvchi gemodializ klinikalari ish boshladi.Hozirda doimiy gemodializ muolajasini olayotgan 4 456 nafar bemor qo‘shimcha 5 turdagi dori vositalari (geparin, eritropoetin, temir preparatlari, V va S guruh vitaminlari) bilan bepul ta’minlanmoqda.Gemodializ xizmatini rivojlantirish maqsadida Davlat budjetidan ajratilayotgan mablag‘lar miqdori 145 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/01/24314497_242:0:2812:1928_1920x0_80_0_0_ed1001573b68b5fcfd0a56088ce3aaad.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
jamiyat, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), gemodializ xizmati
jamiyat, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), gemodializ xizmati
O‘zbekistonning yana 51 ta tumanida gemodializ xizmati yo‘lga qo‘yiladi
Hozirda gemodializ xizmati yo‘lga qo‘yilgan tumanlar soni 23 taga yetdi.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Shu yil yakuniga qadar viloyatlar markazidan 50-100 kilometrgacha uzoqlikda bo‘lgan jami 51 ta tumanda gemodializ xizmati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar
berdi. Qayd etilishicha, O‘zbekistonda gemodializ xizmati yo‘lga qo‘yilgan tumanlar soni 23 taga yetdi.
“Viloyatlar markazida yo‘lga qo‘yilishi kutilayotgan gemodializ xizmati natijasida 528 nafar bemorga o‘zi yashab turgan hududda muolaja olish imkoni yaratiladi”, deyiladi xabarda.
Sentabr oyidan esa Toshkent shahrida 700 nafar bemorga xizmat ko‘rsatuvchi shunday muassasa faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Toshkent shahrida 1 100 nafar bemorga gemodializ xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha Hindistonning “Nephrocare Health Services Central Asia” kompaniyasi bilan davlat-xususiy sheriklik asosidagi bitim imzolandi.
Unga ko‘ra aprel oyida Nukusda 150 nafar bemorga xizmat ko‘rsatuvchi yangi gemodializ klinikasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, Xorazm viloyatining Urganch va Bog‘ot tumanlarida 250 nafar bemorga xizmat ko‘rsatuvchi gemodializ klinikalari ish boshladi.
Hozirda doimiy gemodializ muolajasini olayotgan 4 456 nafar bemor qo‘shimcha 5 turdagi dori vositalari (geparin, eritropoetin, temir preparatlari, V va S guruh vitaminlari) bilan bepul ta’minlanmoqda.
Gemodializ xizmatini rivojlantirish maqsadida Davlat budjetidan ajratilayotgan mablag‘lar miqdori 145 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.