Germaniya sobiq kansleri Bundestagni sudga berdi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishSeremoniya nachala stroitelstva gazoprovoda "Severniy potok"
Seremoniya nachala stroitelstva gazoprovoda Severniy potok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2022
Obuna bo‘lish
Siyosatchi hukumatning sobiq rahbari sifatida unga berilgan imtiyozlarni tiklash niyatida.
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Germaniya sobiq kansleri Gerxard Shroder shu yilning may oyida olib qo‘yilgan maxsus imtiyozlarni qaytarib olish uchun mamlakat parlamentini sudga berdi. Bu haqida “RIA Novosti” xabar berdi.
Avvalroq Bundestag budjet qo‘mitasi siyosatchini sobiq hukumat rahbari sifatida egalik qilish huquqiga ega bo‘lgan ofis maydonidan mahrum etishga qaror qilgan edi. Biroq, pensiya va himoya kabi imtiyozlar qoldirildi.
Bunday qarorga Rossiyaning Ukrainada maxsus operatsiyasi boshlanganidan so‘ng Shols burosi xodimlarining ishdan bo‘shatilishi sabab bo‘ldi. Shu bilan birga, bu qaror Shroderning Rossiya kompaniyalari bilan hamkorlikni davom ettirgani uchun tanqid qilinishi fonida qabul qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada harbiy operatsiya boshlagan edi. Prezident Vladimir Putin uning maqsadini "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan bezorilik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan.
Maxsus operatsiya boshlanishiga javoban G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.
Yangiliklar lentasi
0