Farg‘ona viloyatida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin – O‘zgidromet

© SputnikGorniy kishlak Gilan
Gorniy kishlak Gilan  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2022
Obuna bo‘lish
Namangan va Farg‘ona viloyatlari tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Bugun Namangan va Farg‘ona viloyatlarin tog‘li hududlarining ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu haqida O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, kunduz kuni mamlakat bo‘yicha havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati +32-37 daraja atrofida bo‘ladi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati +34-36 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yomg‘irli ob-havo davomida momaqaldiroq paytida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Namangan va Farg‘ona viloyatlari tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Havo harorati +22-27 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0