https://oz.sputniknews.uz/20220810/toshkentda-shht-ii-iqtisodiy-forumi-bolib-otadi-27012674.html
Toshkentda ShHT II Iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi
Toshkentda ShHT II Iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi
Sputnik O‘zbekiston
Iqtisodiy forumi nafaqat hukumatlararo muloqotni yo‘lga qo‘yish, balki ishbilarmon doiralar, korxonalar vakillarining o‘zaro hamkorligini o‘rnatishga xizmat qilishi... 10.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-10T18:35+0500
2022-08-10T18:35+0500
2022-09-13T11:04+0500
forum
toshkent
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
shht-2022: samarqand sammiti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/08/23853275_0:257:2727:1791_1920x0_80_0_0_acb8ac3971cdb52a0f568252dcf60b6d.jpg
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. 16-17 avgust kunlari Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) II Iqtisodiy forum o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Ta’kidlanishicha, tadbirning asosiy maqsadi tomonlarning e’tiborini o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish muammolari va istiqbollariga qaratish, ShHT makonidagi aloqalarni kengaytirish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.Forum doirasida yalpi majlis, panel munozaralari, ikki tomonlama uchrashuvlar, B2B muzokaralar o‘tkaziladi. Uning kun tartibi raqamli iqtisodiyot, "yashil" texnologiyalar, hududlararo hamkorlik, investitsiyaviy, sanoat hamkorligini kengaytirish va o‘zaro munosabatlarning boshqa ustuvor yo‘nalishlarining salohiyatini ochib berishga qaratilgan.ShHT Iqtisodiy forumi nafaqat hukumatlararo muloqotni yo‘lga qo‘yish, balki ishbilarmon doiralar, korxonalar vakillarining o‘zaro hamkorligini o‘rnatish hamda ShHT makoni hududlariga investorlarni jalb qilish uchun samarali platformaga aylanishi kutilmoqda.Birinchi bunday forum 2021-yilning iyun oyida Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/08/23853275_0:2:2727:2047_1920x0_80_0_0_a2d96eb2697776a2f63d369cc8a59a14.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
forum, toshkent, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
forum, toshkent, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
Toshkentda ShHT II Iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi
18:35 10.08.2022 (yangilandi: 11:04 13.09.2022) Iqtisodiy forumi nafaqat hukumatlararo muloqotni yo‘lga qo‘yish, balki ishbilarmon doiralar, korxonalar vakillarining o‘zaro hamkorligini o‘rnatishga xizmat qilishi kutilmoqda.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. 16-17 avgust kunlari Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) II Iqtisodiy forum o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. Ta’kidlanishicha, tadbirning asosiy maqsadi tomonlarning e’tiborini o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish muammolari va istiqbollariga qaratish, ShHT makonidagi aloqalarni kengaytirish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
Forum doirasida yalpi majlis, panel munozaralari, ikki tomonlama uchrashuvlar, B2B muzokaralar o‘tkaziladi. Uning kun tartibi raqamli iqtisodiyot, "yashil" texnologiyalar, hududlararo hamkorlik, investitsiyaviy, sanoat hamkorligini kengaytirish va o‘zaro munosabatlarning boshqa ustuvor yo‘nalishlarining salohiyatini ochib berishga qaratilgan.
ShHT Iqtisodiy forumi nafaqat hukumatlararo muloqotni yo‘lga qo‘yish, balki ishbilarmon doiralar, korxonalar vakillarining o‘zaro hamkorligini o‘rnatish hamda ShHT makoni hududlariga investorlarni jalb qilish uchun samarali platformaga aylanishi kutilmoqda.
Birinchi bunday forum 2021-yilning iyun oyida Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan edi.